Tajribasi ommalashsa…

Date:

Tomorqasi, kattagina yer maydoni bor fuqarolarning “ishsizman”, “oilamni ta’minlay olmayapman” deyishlarini eshitib turib, “oldingda oqqan suvning qadri yo‘q” deb shuni aytishsa kerak-da, deb yuboradi kishi. Mehnat qilib ko‘rmagan, yer bilan tillashmagan odam uchun tomorqada ishlash, o‘zini band qilib, daromad ko‘rish qiyin mashg‘ulot yoki foydasiz ishdek tuyilishi mumkindir. Ammo, dehqonchilik, ekin ekib kun ko‘radiganlar, daromad orttiradiganlarchi?..
Bizningcha, ana shunday ishsizlarga to‘g‘ri yo‘l ko‘rsatish uchun bahona sifatida beriladigan bunday tavsiyalarni shunchaki aytib qo‘ymaslik kerak, ularni yer bilan tillashib, ishbilarmon tadbirkorga aylanganlarning faoliyati bilan tanishtirmoq eng yaxshi motivatsiya bo‘lib xizmat qilsa kerak. Shu maqsadda Termiz tuman Fermer dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi xodimlari mahallalarda bo‘lishib, tomorqadan unumli foydalanayotgan xonadonlar tajribasini ommalashtirish maqsadida o‘quv seminari tashkil etishdi.
Ana shunday tajribaga ega Gavhar Eshemova tomorqasinining har bir qarich yeridan unumli foydalanadi. Kaftdek yerga ham ro‘zg‘or, ham sotish uchun ekin ekib, oila daromadi uchun hissasini qo‘shib kelayotir.
Seminar davomida Gavhar Eshemova tomorqasining 2 sotixida tashkil etgan mo‘jazgina issiqxonasi hamda ochiqlikda yetishtirayotgan mahsulotlarning iqlimga mosligi, sifati, ertapishar navlar va boshqa bir qator tajribalari bilan bo‘lishdi. Mehnatkash ayolning tajribasi va samimiy suhbati ko‘plarning o‘z ishini boshlashiga turtki bo‘lsa, ajab emas.

S.Davlatova

Oldingi sahifaDiqqat piyoda…
Keyingi sahifaSaboq

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

“Kichik fikrlar, katta g‘alabalar”

Bolalarda mantiqiy tafakkur, diqqat va strategik fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantirishda...

Hashar ko‘tarinki ruhda o‘tmoqda

Yurtimizda “Yurt obodligi — avvalo mahalladan boshlanadi” shiori ostida...

Javobgarlik kuchaytirildi

Mamlakatimizda energiya resurslaridan oqilona foydalanish va tarmoqlardan noqonuniy foydalanish...

Vatan himoyasi – yigitlik burchi

Termiz shahridagi “Vatanparvarlar bog‘i”da muddatli harbiy xizmatga jo‘nab ketayotgan...
KunTun
KunTun