Endi hokim aralashmaydi…

Date:

Mahallalarda hokim yordamchilarining faoliyati yo‘lga qo‘yilganidan buyon hududlarda ishbilarmonlik muhiti shakllandi. Ishsizlik mavzusi chekingandek bo‘ldi. Qaytamga sohada tashlanayotgan yangidan-yangi qadamlar fuqarolarga yengillik va qulayliklar yaratib, tadbirkorlik sari ilk qadamni tashlashga turtki bo‘layotir. Ayniqsa, joriy yilning 19-aprel kuni “Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasida kreditlar ajratishni takomillashtirish hamda aholining doimiy daromad manbalarini ko‘paytirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Hukumat qarorining qabul qilinishi fikrimiz tasdig‘idir. Unga ko‘ra, endi oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida aholi va tadbirkorlarning loyihalarini moliyalashtirish uchun 13 trillion so‘m ajratiladi. Oilaviy dasturlar bo‘yicha kreditlarni yillik 14 foiz stavkada ajratish tartibi esa saqlab qolinadi.
Shuningdek, hokim yordamchilari tashabbusi bilan baʼzi tadbirkorlarga 50 million so‘mgacha kreditlar garovsiz berilsa, ushbu kreditlar birinchi navbatda dasturga muvofiq avval kreditlardan foydalanmagan aholi va tadbirkorlarga ajratiladi. Qolaversa, dasturlar doirasida avval kredit olib, undan samarali foydalanib, tadbirkorligini yo‘lga qo‘ygan va kredit to‘lovlarini o‘z vaqtida to‘lagan kichik tadbirkorlarga faoliyatini yanada kengaytirishi ushbu kreditlardan takroran foydalanishga imkoniyat tug‘diradi.
Dehqonlarga yerdan unumli foydalanishga va «Bir mahalla – bir mahsulot” tamoyili asosida mahsulotlar yetishtirilishiga va ularni o‘z bozorini topishga ko‘maklashiladi, «marketpleys” tizimi «E-aktiv” axborot tizimi bilan integratsiya qilinadi. Ushbu mahsulotlarning narxlari ko‘rsatilayotgan xizmatlar va boshqa omillar hisobiga ichki bozor narxlariga qaraganda asossiz oshib ketmasligini Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi o‘z nazoratiga oladi. Va eng asosiysi, endilikda hokim yordamchilarining kredit ajratish bo‘yicha tavsiya berishiga mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlarining aralashuviga yo‘l qo‘yilmaydi.

Hilol

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Bayram sayli etadi davom

Qumqo‘rg‘on tumanida Navro‘z bayrami tantanali kayfiyat bilan davom etmoqda....

Art-terapiya qizg‘in tus oldi

Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tashabbusi bilan Oltinsoy tuman ixtisoslashtirilgan...

Qalblarga ezgulik ulashib…

Jarqo‘rg‘on tumanida muborak Ramazon oyi munosabati bilan ezgu va...

Etika qoidalari tasdiqlandi

Adliya vazirligi tomonidan sun’iy intellektga asoslangan yechimlarni yaratish, joriy...
KunTun
KunTun