G‘olibga 100 million so‘m

Date:

Ta’limning qaysi bosqichiga e’tibor qaratmaylik, xorijiy tillarni o‘rganishga bo‘lgan talab yuqori ekaniga guvoh bo‘lamiz. Bugun til bilmas yosh oliy ta’lim tizimida o‘qishni davom ettira olmayapti. Shunday ekan, bog‘cha-yu maktab yoshidanoq bir yoki bir nechta xorijiy tilni o‘rganish kelajak taqdir uchun muhim ahamiyat kasb etadi. Ayniqsa, Prezident sovrini uchun “Xorijiy tillarni oʻqitish boʻyicha eng yaxshi maktab” tanlovining o‘tkazilishida ham shu maqsad mujassam.


Angor tumanida ham tanlovning tuman bosqichiga start berildi. Unda 22 ta maktabdan 7-9-sinflarda oʻqiydigan 5 nafar oʻquvchidan tashkil topgan 22 ta jamoa ishtirok etdi. Ishtirokchilar test savollariga kiritilib, ingliz tilini nechog‘lik bilishlarini, bilim va ko‘rikmalarini sinovdan o‘tkazdilar.
Belgilangan vaqt oraligʻida esa natijalar baholanib, gʻoliblar aniqlandi. Uchinchi o‘rin 50 million so‘m, 2-o‘rin 75 million so‘m, birinchi o‘ringa esa 100 million so‘m pul mukofotlari topshirildi.

S.Murodova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Kichik loyiha — katta natija

Hududlarda kichik biznes va tadbirkorlikni rivojlantirish nafaqat iqtisodiy o‘sishga,...

Bolalarga quvonch ulashib…

Jamiyatda mehr-oqibat va saxovat qadri baland bo‘lgan yurtda ezgu...

“Temurbek” — sahnada jonlandi

Yurtimizda buyuk ajdodlar merosini targ‘ib etish, yosh avlodni tarixiy...

UMR — ILM, XIZMAT VA SHARAF YO‘LI

Ustoz haqida so‘z yuritish — bu shunchaki bir insonning...
KunTun
KunTun