Bozordagi holat tanqid qilindi

Date:

Sho‘rchiliklar yaxshi biladi. Tumandagi markazi dehqon bozorida sotuvchi va xaridorlar uchun yetarli shart-sharoitlar yaratilmagan. Turgan gapki, bu xaridorga qiyinchilik tug‘dirishi bilan birga ortiqcha vaqtini ham oladi. Bir so‘z bilan aytganda bozor qurilish talablariga rioya qilinmagan holda, ya’ni tartibsiz tashkil etilgan.
Viloyat hokimi Sho‘rchi tumanidagi o‘rganish ishlarini tuman markaziy dehqon bozorida davom ettirib, holatdan norozi bo‘ldi va bozorning qurilish meʼyorlariga mosligini tekshirish, qurilish ishlarini tartibga keltirish, hududda obodonlashtirish ishlarini olib borish bo‘yicha topshiriqlar berdi.
Bir ish boshlashdan avval yeti o‘lchab bir kechish aqidasiga amal qilamiz. Yoshi kattalarning, ulug‘larning maslahatlariga, tavsiyalariga quloq tutamiz. Tumanda katta bozor quriladi-yu, nega endi mas’ullar panja ortidan qarashi kerak? Nega bozorning qurilish loyihasi ustida bosh qotirishmadi. Ajratiladigan mablag‘ havodan uchib kelmaganki, bu kabi mas’uliyatsizlikka yo‘l qo‘yishsa. E’tiborsizlik kechirilmaydi. Bozordagi mavjud holat va uni bartaraf etish chorasini ko‘rmaganligi, korxonalar tomonidan ish o‘rinlarining statistikada aks ettirilmagani va sohasidagi boshqa natijalarning pastligi uchun hokimning birinchi o‘rinbosari va tuman Davlat soliq inspeksyasi boshlig‘iga “hayfsan” intizomiy jazo chorasi qo‘llanildi.

Hilol

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sanjar shohsupada

Termiz shahrida o‘tkazilgan “Muay Thai” bo‘yicha O‘zbekiston Kubogi –...

Ro‘yxatdan o‘tish majburiy

1-oktyabrdan boshlab O‘zbekistonda moped va skuterlarni boshqarish faqat A...

Tartibi aniq

Hukumatning 2025-yil 10-oktyabrdagi 637-son qarori bilan imtiyozli shartlarda pensiyaga...

 “Shymkent Cup 2025”da yorqin natija

Qozog‘istonning Shimkent shahrida bo‘lib o‘tgan nufuzli “Shymkent Cup Taekwondo...
KunTun
KunTun