“Tolto‘g‘ay” va “Bobotog‘”da…

Date:

Suv obi hayot. Uning har tomchisi tiriklik uchun, yashnatish uchun xizmat qiladi. Chanqog‘imizni qondiradigan ham, ekin-tikinimizni yashnatadigan ham ayni shu suv. Ba’zan iqlim sharoiti, geografik joylashuvi sabab suv tanqisligi kelib chiqadigan hudud odamlari obihayot qadrini yaxshi anglaydi.

Yurtimizda chekka-chekka hududlargacha yetarlicha shart-sharoit yaratish, obodonchilik ishlari jadallik bilan ketayotgan bir paytda Uzun tumanining Bobotog‘ hududida qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer maydonlarini qayta foydalanishga kiritish va yerlarning suv ta’minotini yaxshilash chora-tadbirlari boshlab yuborilgan. Dastur bo‘yicha loyiha qiymati 2 milliard so‘m bo‘lgan “MP-2” kanalining 7,5 kilometr uzunlikdagi qismini inshootlari bilan birgalikda rekonstruktsiya qilish ishlari davom etayotir.

Loyiha Respublika byudjeti tomonidan moliyalashtirilgan bo‘lib, natijada 166 ga suvli yer qayta foydalanishga kiritiladi. 276 ga yer maydonining hamda “Tolto‘g‘ay” va “Bobotog‘” MFYlarida yashovchi aholi tomorqalarining suv ta’minoti yaxshilanadi.

S.Baxtiyorova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

UMR — ILM, XIZMAT VA SHARAF YO‘LI

Ustoz haqida so‘z yuritish — bu shunchaki bir insonning...

SO‘Z VA SHAXSIYAT

So‘z – har qanday ulug‘ san’atkor ijodida muallif ko‘zlagan...

ZAMON  BILAN  HAMNAFAS

Bugungi tezkor va axborotga boy davrda inson ongini shakllantirish,...

“XABEAS KORPUSI” —  KECHADAN BUGUNGA

Inson erkinligi — har qanday demokratik jamiyatning eng oliy...
KunTun
KunTun