Ayollar uchun…

Date:

Ayol nozik hilqat. Uni asrab-avaylash, ehtirom ko‘rsatish millatimizga xos odat. Ammo, har doim ham buning amaldagi ifodasini ko‘rmaymiz. Ayol kezi kelganida ro‘zg‘or tashvishlarini kichikkina yelkasiga ortmoqlagancha mehnatning mashaqqatlariga o‘zini uradi. Oilasida notinchlik bo‘lsa, yeng ichida saqlaydiganlari, yurak-bag‘ri ezilsa-da, ko‘zlari kulib turib, matonat ko‘rsatadiganlari ham bor. Qiyinchilig-u tashvishlar, muammolar to‘xtamaydi. Ularni hal etish, munosib yechim topish uchun jamiyat, davlat doimo yelka tutadi, yordamga shay turadi. Buning uchun yurtimizda amalga oshirilayotga islohotlar, ezgu ishlarning bo‘y ko‘rsatishi faqat va faqat yaxshilikka xizmat qiladi.

Denov tumanida Ayollarni reabilitatsiya va moslashtirish markazining tashkil etilgani ana shunday ishlarning amaldagi ifodasi deyish mumkin. Bu orqali ayollar oilaviy zo‘ravonlik domidan olib chiqiladi. Qolaversa, muammolari tahlil qilinib, sabab-oqibatlari o‘rganiladi. Tazyiq-zo‘ravonlikdan jabr ko‘rgan xotin-qizlarni reabilitatsiya qilish, moslashtirish, shuningdek, o‘z joniga qasd qilishning oldini olishga e’tibor qaratiladi. Xullas, markaz ko‘magi ila xotin-qizlar manzilli qo‘llab-quvvatlanadi.

Markazning ochilish marosimida viloyat Oila va xotin-qizlar boshqarmasi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi ishchi guruhi a’zolari ishtirok etdi.
Mana shunday e’tibor namunasi sabab ayollarning jamiyatdagi o‘rni va roli kuchayadi. Huquq va manfaatlari himoya qilinib, turmush-sharoiti yaxshilanishiga-da ko‘maklashiladi.

S.Murodova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Ijtimoiy yordamlar shaffof va manzilli

Vazirlar Mahkamasining 25-fevraldagi 78-son qaroriga muvofiq “Yoshlar daftari” jamg‘armasi...

Ustamasi bor

Prezident farmoni bilan 2026—2028-yillarda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar markazlari va...

YHQ jarimasi ustidan shikoyat

Yo‘l harakati qoidalarini buzganlik uchun jarimalar bugun asosan avtomatik...

Tajribasi g‘alabaga eltadi

Sport vaziri Adkham Ikramovning navbatdagi tashrif manzili Termiz shahridagi...
KunTun
KunTun