“200 ga yaqin jajji gimnastikachi o‘z gimnastik mahoratlarini namoyish etdi”

Date:

Bolalar hayotimiz davomchilari, kelajagimiz egalaridir. Shu sababdan ularni barkamol shaxs sifatida voyaga yetkazish har bir jamiyat, davlat hamda har bir ota-onaning asosiy va muqaddas burchidir. Bolaning jismoniy va ruhan sog‘lom bo‘lishida esa uni yoshlikdan sportga yo‘naltirish muhim ahamiyat kasb etadi. Albatta, sportning turlari ko‘p. Eng jozibalisi, ko‘p mehnat va kuchli iroda talab qiladigani badiiy gimnastikadir.
1-iyun “Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni” munosabati bilan hamda yoshlarda sportga bo‘lgan ishtiyoqni oshirish maqsadida Termiz shahridagi “Iceberg” oilaviy maskanida badiiy gimnastika chiqishlaridan iborat bo‘lgan bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi. Unda 200 ga yaqin jajji gimnastikachi o‘z gimnastik mahoratlarini namoyish etdi.
Qizlarning bir-biridan bejirim liboslari, ularning samimiy kulgilari bayram kayfiyatiga o‘zgacha shukuh qo‘shdi. 3-4 yoshli qizaloqlarning katta sahnadagi chiqishlari alohida tahsinga sazovor. Albatta, ularning bu chiqishlarida murabbiylari Iroda Jovliyevaning hissasi katta.
Ijobiy hissiyotlar, bayram shukuhi har bir bolaga o‘zgacha ta’sir ko‘rsatadi, ayniqsa, munosib rag‘bat, quvonchlariga quvonch qo‘shadi. Tadbir yakunida kichkintoylarga O‘zbekiston Gimnastika Federatsiyasi Surxondaryo ichrochi bo‘limi direktori Umarova Irina hamda “Iceberg” oilaviy maskani ish yurituvchisi Nuriddin Norqulov tomonidan faxriy yorliq va ajoyib sovg‘alar topshirildi.

Dildora Otaqulova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

UMR — ILM, XIZMAT VA SHARAF YO‘LI

Ustoz haqida so‘z yuritish — bu shunchaki bir insonning...

SO‘Z VA SHAXSIYAT

So‘z – har qanday ulug‘ san’atkor ijodida muallif ko‘zlagan...

ZAMON  BILAN  HAMNAFAS

Bugungi tezkor va axborotga boy davrda inson ongini shakllantirish,...

“XABEAS KORPUSI” —  KECHADAN BUGUNGA

Inson erkinligi — har qanday demokratik jamiyatning eng oliy...
KunTun
KunTun