Kuchlilar aniqlandi

Date:

Boysun tumanidagi “Inkabot” mahallasida “Milliy armiyamiz – yoshlar nigohida” shiori ostida yoshlar festivali tashkil etildi. Tadbirlar, musobaqa-yu bellashuvlar yoshlarning kuchiga kuch qo‘shdi.

Alp o‘g‘lonlar maydonga tushib, raqibini kuragini yerga tekkizish uchun kurashgan bo‘lsa, tosh ko‘tarishda, miltig‘-u kamondan o‘q otishda merganlar saralandi. Arqon tortish bellashuvi esa kuchlilarni aniqlab berdi. Chaqqonligu epchillikda er yigitlardan qolishmaydigan Barchinlar ot ustida kurashdilar. Valeybol o‘ynab, zakovatda bilimlarini sinovdan o‘tkazdilar.
Festival bahonasida ishsiz yoshlarning bandligini ta’minlash maqsadida subsidiya tariqasida asbob-uskunalar tarqatildi.
“Yashil makon” umummilliy aksiyalari, bo‘sh ish o‘rinlari mehnat yarmarkasi, taktik o‘quv-amaliy seminarlar ham yoshlarni befarq qoldirmadi.

S.Murodova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Yosh avlod va harbiylar: hamkorlik mustahkamlanmoqda

Termiz tumanidagi 18-umumta’lim maktabida O‘zbekiston Respublikasi DXX Chegara qo‘shinlari...

Tadbirkorlik sari ilk qadam

Sariosiyo tumani hokimi Odiljon Yaqubov “Oydin yo‘l” mahallasida amalga...

Ishlar nega sust?

Denov tumani hokimi o‘rinbosari Sherzod Isanov ishtirokida aholi bandligini...

Nuroniylar sayohatga yo‘l oldi

Termiz tumanidan 50 nafar nuroniy otaxon va onaxon Samarqand...
KunTun
KunTun