To‘ra Bobolov: “Respublikadagi eng arzon uylar Surxondaryoda bo‘lishi kerak”

Date:

29-dekabr kuni Termiz shahri “Manguzar” mahallasida uy-joyga muhtoj fuqarolar uchun bunyod etilgan yangi uylar o‘z egalariga topshirildi. Bu haqda Surxondaryo viloyati hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.

Foto: Surxondaryo viloyati hokimligi matbuot xizmati

Ma’lum qilinishicha, tantanali marosimda viloyat hokimi To‘ra Bobolov ishtirok etib, xonadon egalarini yangi uy-joylar bilan tabriklagan va respublikadagi eng arzon uylar Surxondaryoda bo‘lishi kerakligini ta’kidlagan.

“Prezidentimiz tashabbusi bilan boshlangan xayrli ish bugun yana 100 ta oila, nogironligi bo‘lgan xotin-qizlarning qalbida ertangi kuniga umid va ishonchini mustahkamladi… Ushbu oilalar davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlanib, uy-joylari uchun boshlang‘ich to‘lovi to‘lab berildi. Eng asosiysi, bu uy-joylar ham mustahkam, yashash uchun tayyor holda nisbatan arzon narxda sizlarga topshirilmoqda. Ya’ni 1 kvadrat metr uchun 3 million 200 ming so‘m. Bundan keyin shahar va tumanlarda shunday uylar quriladi”, — deydi To‘ra Bobolov.

Viloyat rahbarining qayd etishicha, buning uchun viloyatda barcha imkoniyat mavjud. Qurilish materiallarning deyarli barchasi Surxondaryoning o‘zida ishlab chiqariladi. “Qum-tosh, sement, g‘isht, beton plitalar boshqa hududlar kabi uzoqdan olib kelinmaydi. Xo‘sh, nima uchun qimmat bo‘lishi kerak?! Endi quriladigan yangi uylar xalqimizga ma’qul keladigan narxlarda qurilishi kerak. Bu asosiy talablardan biri bo‘ladi”, — degan u.

To‘ra Bobolov keng jamoatchilik vakillari ishtirokida uy-joyga muhtoj 100 nafar fuqaroga yangi uylarning kalitlarini tantanali topshirgan.

Avvalroq Qashqadaryoda Yangi yil bayrami arafasida 180 ta oilaga yangi xonadon kalitlari topshirilgani, O‘zbekiston hududlarida “Yangi O‘zbekiston” massivlari qurilishi uchun 992 gektar yer maydoni tanlab olingani, respublikada to‘rt yil ichida 6 mingdan ortiq ko‘p kvartirali uy-joylar mukammal ta’mirlanishi to‘g‘risida xabar berilgandi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Yoshlarga yangi xonadonlar topshirildi

Mamlakatimizda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning «Yetim bolalar va...

Yangi tashabbuslar ilgari surildi

Bugungi kunda xorijiy tajriba va zamonaviy bilimlarni yurt taraqqiyotiga...

Finalda g‘olib kim?

Yoshlarni sportga keng jalb etish, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli...

Sportchilarimiz bo‘sh kelmadi

“Besh tashabbus paralimpiadasi” nogironligi bo‘lgan yoshlarning sport salohiyatini namoyon...
KunTun
KunTun