Afg‘onistondan 134 nafar talaba o‘qishini davom ettirish uchun Surxondaryoga keldi

Date:

Afg‘onistondan 134 nafar talaba o‘qishini davom ettirish uchun Surxondaryo viloyati Termiz shahriga yetib keldi, deb xabar bermoqda Sputnik.

Qayd etilishicha, Afg‘oniston uchun mutaxassislar tayyorlaydigan Termiz ta’lim o‘quv markazi direktori Oybek Ro‘ziyev ma’lumotni tasdiqlagan.

“Afg‘onistondan 134 nafar talaba o‘qishini davom ettirish uchun keldi. Kayfiyati a’lo. Ta’tildan so‘ng o‘qishlar boshlanadi”, — degan u.

Termizda afg‘onistonliklar ikki mutaxassislik — o‘zbek tili va adabiyoti fani o‘qituvchisi va temiryo‘l qurilishi va ekspluatatsiyasi yo‘nalishlarida tahsil oladi. O‘qish puli paritet asosida to‘lanadi.

2021-yilgi o‘quv mavsumida Afg‘onistondagi siyosiy vaziyat keskinlashuvi sabab birinchi kurs talabalari o‘qishga qabul qilinmagandi. Lekin hozirda O‘zbekiston va Afg‘oniston rasmiylari o‘rtasida kelishuvga erishilgan va 2022-yilda yana 100 nafarga yaqin afg‘onistonlik Termizga keladi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Innovatsion loyihalar saralandi

Termiz yoshlar texnoparkida “O‘zgarayotgan dunyo uchun ilg‘or innovatsiyalar” shiori...

Teatr — estetik tarbiya maskani

Yoshlarning ma’naviy dunyosini boyitish, milliy qadriyatlarga hurmatini oshirish va...

Attestatsiya boshlandi

26-oktyabrdan respublika bo‘ylab pedagog kadrlarni attestatsiyadan o‘tkazish bo‘yicha navbatdagi...

Termiz orqali uchinchi bozorlarga

Surxondaryo viloyati hokimligi delegatsiyasi Afg‘onistonning Balx viloyatida bo‘lib, savdo-iqtisodiy...
KunTun
KunTun