Oksford islom tadqiqotlar markazida “Sunani Termiziy sharhi” taqdimoti

Date:

Oksford islom tadqiqotlari markazida Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi ilmiy xodimlari tomonidan tarjima va nashr qilingan “Sunani Termiziy sharhi” asarining taqdimoti bo‘lib o‘tdi.
Mazkur taqdimot xalqaro doiradagi stipentiya sohiblari, olimlar va ilmiy xodimlarni ham befarq qoldirmadi. Jarayonda ishtirokchilar mamlakatimiz azaldan qomusiy allomalar yurti bo‘lganligi, bu zamindan insoniyat tamadduni rivojiga beqiyos hissa qo‘shgan ulug‘ siymolar yetishib chiqqanini ta’kidlashar ekan, ular qoldirgan boy adabiy merosni o‘rganish va dunyoga yoyish bugungi avlod uchun ulkan mas’uliyatli ish ekanligini ta’kidlashdi.
— Mamlakatingizdagi aksariyat ilm kishilari xorijga chiqib, ilmiy-tadqiqot ishi qilishga qiziqadi. Lekin, men O‘zbekistondagi mavjud imkoniyatlardan foydalangan holda, qo‘lyozma va manbalarni o‘rgangan bo‘lardim. Chunki, qomusiy olimlaringiz ilmiy merosi, boy tarixiy manbalari hali ochilmagan xazinaligicha turibdi. Kelgusida O‘zbekistondagi ilmiy-tadqiqot markazlari bilan o‘zaro hamkorlik aloqalarni yanada mustahkamlab, mazkur ilmiy meroslarni o‘rganish ishlari tarfdoriman. O‘ylaymanki, ushbu sa’y-harakatlar o‘zining bebaho samarasini beradi. Qolaversa, Imom Termiziy xalqaro ilmiy tadqiqot markazi tomonidan olib borilayotgan ilmiy tadqiqot ishlarini rivojlantirish uchun xalqaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yishga tayyormiz,– deya yuqori baho berdi taqdimotda nutq so‘zlagan Oksford islom tadqiqotlar markazi direktori Farhang Nizamiy.
Ushbu kitoblar taqdimoti respublika va xalqaro miqyosda yuqori saviyada o‘tkazish rejalashtirilgan.

Hilol

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Bandlik va tadbirkorlikka keng yo‘l

Boysun tumanida yoshlar bandligini ta’minlash va ularni tadbirkorlikka jalb...

Muammoga loyihasi yechim

Yoshlar ishlari agentligi, Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi...

Qalblarda ezgu tilak

Qumqo‘rg‘on tumanida Navro‘z umumxalq bayrami shukuhi hukm surmoqda. Bayram...

Iftorlik dasturxoni yozildi

Qumqo‘rg‘on tumanida muborak Ramazon oyi munosabati bilan xayrli va...
KunTun
KunTun