Samarqand-u Buxorodan Xorazmgacha…

Date:

Sayr-u sayohat ko‘ngildagidek xordiq bilan birga yangidan-yangi bilimlarni, kelajak uchun hal qiluvchi qarorlar qabul qilishga xizmat qilsa, yanada xayrlidir. Yozgi ta’til esa o‘quvchi-yoshlarning mazmunli dam olishi, sayohatni rejalashtirishlari uchun eng qulay fursatdir. Sariosiyo tumanidagi 6-umumta’lim maktabi o‘quvchilari ham rejani katta olib, respublikamizning diqqatga sazovor go‘shalariga sayohat qilish uchun yo‘l oldilar.
Qadim Samarqand, Buxoro, Xorazm viloyatlarida bo‘lib, ko‘hna shaharlarning tarixiy qadamjolarini ziyorat qilishdi. Kecha va bugunni o‘zida aks etgan muzeylarida bo‘lishdi. Zamonaviy va milliy uslubda qad rostlagan bino va inshootlari bo‘ylab sayohat qilishdi. O‘z navbatida yoshlar katta taassurotlar olib, yurtimizning tarixi bilan yuzlashdilar, o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olib, bilimlarini mustahkamladilar.
Ajab emas, ushbu sayohat yoshlar orasidan tarixchilarni, arxitektor va yurtimiz koriga yaraydigan ilm ahllarini yetishib chiqarishga xizmat qilsa…

S.Davlatova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Adib merosi qalblarga maʼnaviyat ulashdi

Janubi-G‘arbiy maxsus harbiy okrug tasarrufidagi Termiz garnizonida joylashgan harbiy...

Harbiylar o‘rtasida kibersport musobaqasiga start berildi

Janubi-G‘arbiy maxsus harbiy okrug tasarrufidagi Termiz, Kakaydi va Xayrabod...

Og‘ir toifadan namunali hududga…

Muzrabot tumanidagi “Do‘stlik” mahallasida esayotgan o‘zgarishlar epkini hayot sifatini...

“Adolat” islohotlarga kamarbasta

Ezgu g‘oyalar bilan nishonlanayotgan O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining35 yilligi...
KunTun
KunTun