Mahoratlilar bellashdi

Date:

Inson sevgan mashg‘uloti bilan shug‘ullansa, bir olam zavq oladi. O‘zidan pozitiv energiya chiqarib, kayfiyati ko‘tariladi. Omad va muvaffaqiyat ham ana shu kayfiyat va energiyaga bog‘liq. Jarqo‘rg‘on tumanidagi “Qizilmozor” motoso‘qmoqlarida sportning “Motokross” turi bo‘yicha start berilgan respublika chempionatining hududiy bosqichi hamda mehnat qahramoni Norali Boymurodov xotirasiga bag‘ishlangan musobaqada ishtirok etayotgan ishtirokchilar ham ana shunday zavq-shavqqa to‘lib, start chizig‘ini bosib o‘tdilar.
Tomoshabinlar ham ko‘nglida hayajon va ishtiyoq ila jarayonni kuzatdilar. Olqishlar, chaqiriqlar bilan qo‘llab-quvvatladilar.
Har bir ishtirokchi mahoratli ekanini turli tryuklar, o‘ziga hos namoyishlar ko‘rsatib, tomoshabinlarni lol qoldirdi. Motocross bellashuvlari qizg‘in ruhda o‘rdi. Qolaversa, harbiy qismlar tomonidan taqdim etilgan ko‘rgazmalar, san’atkorlarning ajoyib konsert dasturi barchani o‘ziga chorladi.
Qoraqalpog’iston Respublikasi, Toshkent shahri va barcha viloyatlardan tashrif buyurgan mahoratli va ko‘ngilli yoshlar o‘z mahoratlarini ko‘rsatgan holda umumjamoa bo‘yicha Toshkent viloyati nomidan ishtirok etgan motokrosschilar 1-o‘rinni band etdilar.

S.Allayeva

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Yurtni ardoqlab…

Vatan mustaqilligi — xalqimizning eng ulug‘ va bebaho qadriyati....

AJDODLAR RUHIGA EHTIROM KO‘RSATAYLIK

Alloh taolo insonni bu dunyoning eng aziz va mukarram...

Kutubxona: kitoblar maskanidan imkoniyatlar makonigacha

Bugungi texnik taraqqiyot hayotimizning deyarli barcha jabhalarini o‘zgartirmoqda. Ta’lim...

XALQ BILAN HAMNAFAS MAHALLA

Mahalla — xalq hayoti bilan eng yaqin bog‘langan, odamlarning...
KunTun
KunTun