Toʼra Bobolovning navbatdagi tadbirkorlar qabuli boʼlib oʼtdi

Date:

Termiz shahridagi “Imom Аt-Termiziy” ilmiy tadqiqot markazining majlislar zalida viloyat hokimi Toʼra Bobolovning navbatdagi “Tadbirkorlar qabuli” boʼlib oʼtdi.

Unda viloyat hokimining oʼrinbosarlari, kotibiyat mudirlari, viloyat prokurori oʼrinbosari, Termiz shahar va Termiz tumani hokimlari, shahar va barcha tumanlar birinchi oʼrinbosarlari, iqtisodiy korxonalar va aloqador tashkilot rahbarlari ishtirok etdi.

Qabulda shahar va tumanlaridan 35 nafar tadbirkor oʼzini qiynayotgan masalalar boʼyicha viloyat rahbariga murojaat qildi.

Murojaatlarning asosiy qismi tijorat banklaridan kredit olish, kommunal sohadagi muammolar va boshqa sohalarga oid masalalar bilan bogʼliq boʼldi.

Qabulda qatnashgan tadbirkorlarning 4 nafarining murojaati joyida hal etilgan boʼlsa, yechimi maʼlum vaqt talab etiladigan 31 ta masala boʼyicha aloqador tashkilotlarga topshiriqlar berildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

HOSIL MO‘L BO‘LSIN DESANGIZ…

Qishloq xo‘jaligi ekinlarining hosildorligini oshirishda o‘tin va ko‘mir kulining...

Ijara tizimida moliyaviy rag‘bat

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2025-yil uchun xususiylashtirish dasturi to‘g‘risida”gi Farmoni...

Taraqqiyot va adolat poydevori

Yangi O‘zbekiston taraqqiyot bosqichida bosh mezon bitta: xalq manfaatlari...

Qutlug‘ ayyom 10 kun davom etadi

Surxondaryo zaminida bahorning ilk nafasi sezilishi bilan ko‘ngillarda o‘zgacha...
KunTun
KunTun