Konstitutsiya – ertangi kunimiz va kelajagimiz poydevori

Date:

Termiz shahridagi muhtasham Sanʼat saroyida Oʼzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 29 yilligiga bagʼishlangan tantanali tadbir boʼlib oʼtdi.

Davlat va jamoat tashkilotlari rahbarlari, ishlab chiqarish, ijtimoiy va boshqa sohalar vakillari, faol yoshlar ishtirok etgan tadbirda mamlakatimiz barcha tarmoqlarida yuz berayotgan oʼzgarish va yangilanishlar Vatanimiz taraqqiyoti hamda xalqimiz farovonligini taminlashga xizmat qilayotgani taʼkidlandi. Fuqarolarning huquq va erkinliklari, burchlari, siyosiy, iqtisodiy-ijtimoiy huquqlari, ularning kafolatlari oʼz aksini topgan Аsosiy qonunimiz jamiyatni demokratlashtirish va modernizatsiya qilishda muhim omil boʼlayotgani qayd etildi.

Tantanali tadbirda taniqli sanʼatkorlar ijrosida namoyish etilgan kontsert dasturi barchaga bayram kayfiyatini ulashdi.

Tadbirda Surxondaryo viloyati hokimi oʼrinbosari I.Saparov soʼzga chiqdi.

Surxondaryo viloyati hokimligi Matbuot xizmati

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Qurilishda byurokratiya qisqaradi

Prezidentning yangi farmoniga ko‘ra, qurilish sohasida davlat xizmatlari yanada...

Xitoy tajribasi asosida…

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Xitoyning qator kompaniyalari va...

Faollar eʼzozda

Surxondaryo viloyatida yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga qaratilgan ishlar doirasida...

Termiz — mintaqalarni bog‘layotgan strategik ko‘prik

Poytaxtda o‘tkazilgan “Tinchlik, o‘zaro bog‘liqlik va barqarorlik: umumiy farovonlik...
KunTun
KunTun