Muzrabot tumani hokimi Abdulla Mamatqulov “Payshanba — yoshlar kuni” doirasida yoshlar va ularning oilalari bilan uchrashib, murojaatlarni o‘rganish hamda mavjud muammolarni hal etish yuzasidan amaliy ishlarni olib bordi.
Dastlab, tumanning Darband mahallasida yashovchi Shukur Zoirov xonadoniga tashrif buyurilib, uning 2019-yilda tug‘ilgan farzandi Zoir Zoirovning salomatligi bilan bog‘liq holat o‘rganildi. Bolaning davolanish xarajatlarini qoplash uchun 10 million so‘m miqdorida homiylik yordami ajratildi.
Shuningdek, tumanda xuddi shu kasallikdan aziyat chekayotgan yana uch nafar bolaga ham 10 million so‘mdan homiylik mablag‘i ajratildi.
To‘rt nafar bemor bola viloyat sog‘liqni saqlash tizimi orqali davolanishga yo‘naltirilib, zarur dori-darmonlar va boshqa tibbiy vositalar bilan ta’minlandi.

