Toshkent shahrida kikboksing bo‘yicha WAKO Jahon kubogi musobaqasi bo‘lib o‘tdi. Nufuzli xalqaro musobaqada Angor tumani sport maktabining 25 nafar sportchisi ishtirok etib, munosib natijalarga erishdi.
Musobaqa yakunlariga ko‘ra, angorlik sportchilar jami 15 ta medalni qo‘lga kiritdi. Jumladan, sportchilar hisobiga 4 ta oltin, 3 ta kumush va 8 ta bronza medali yozildi.
Ushbu natijalar sportchilarning tinimsiz mehnati, muntazam mashg‘ulotlari hamda murabbiylarning samarali faoliyati samarasidir. Angorlik yosh sportchilarning xalqaro maydondagi muvaffaqiyati tumanda sportni rivojlantirish va iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash borasidagi sa’y-harakatlarning muhim natijalaridan biridir.

