Qumqo‘rg‘on tumanining Mustaqillik mahallasida Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov ishtirokida ochiq muloqot o‘tkazilib, aholini qiynayotgan masalalar va ularning yechimlari muhokama qilindi.
Uchrashuvda kambag‘allikni qisqartirish, aholi bandligini ta’minlash va oilalar daromadini oshirish borasidagi ishlar ko‘rib chiqildi. Shundan so‘ng viloyat hokimi fuqarolar bilan yuzma-yuz muloqot qilib, ularning murojaat va takliflarini tingladi.
Murojaatlarda ish bilan ta’minlash, barqaror daromad manbalarini yaratish va ijtimoiy ko‘mak ko‘rsatish kabi masalalar ko‘tarildi. Ularni hal etish imkoniyatlari o‘rganilib, tegishli mas’ullarga muammolarni chuqur tahlil qilish, amaliy yechim topish va topshiriqlar ijrosini nazoratga olish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.

