Tomorqadan samarali foydalanish – daromad va bandlikning muhim omili

Date:

Aholi bandligini ta’minlash, oilalar daromadini oshirish hamda kambag‘allikni qisqartirishda tomorqalardan unumli foydalanish bugungi kunning eng dolzarb vazifalaridan biri hisoblanadi. Shu maqsadda Muzrabot tumanining Gulobod mahallasida tashkil etilgan namunali xonadon tajribasi mutasaddilarga tanishtirildi.

Mazkur xonadonda tomorqadan oqilona foydalanish yo‘lga qo‘yilib, anorchilik, uzumchilik, quyonchilik va parrandachilikni rivojlantirish orqali oila uchun barqaror qo‘shimcha daromad manbalari yaratilgan.

Seminar davomida ushbu tajribani barcha hududlarda ommalashtirish, har bir mahallada shunday namunali xonadonlar sonini ko‘paytirish, aholini tomorqachilik, bog‘dorchilik va chorvachilik bilan faol shug‘ullanishga yo‘naltirish bo‘yicha mas’ullarga aniq vazifalar belgilandi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Uzun tajribasi “Qushchilik” mahallasida

Hududlararo hamkorlik doirasida Uzun tumani mas’ullaridan iborat ishchi guruh...

Jasminadan oltin natija

Sherobod tumani sport maktabi tarbiyalanuvchisi Sadatova Jasmina Sobir qizi...

Daromadi 100 million…

      Yer — inson hayotining eng muhim va bebaho...

Atletlar bir maydonda jam

Termiz shahrida o‘smirlar va kichik o‘smirlar o‘rtasida og‘ir atletika...
KunTun
KunTun