Muhim yo‘l yangilanmoqda

Date:

Qumqo‘rg‘on tumani hududidan o‘tuvchi 4R-101 avtomobil yo‘lining 0–7 kilometr qismida keng ko‘lamli qayta qurish ishlari olib borilmoqda. Loyiha ikki bosqichda amalga oshirilishi rejalashtirilgan bo‘lib, bunyodkorlik ishlari belgilangan jadval asosida izchil davom etmoqda.

Birinchi bosqich doirasida 3 ta ko‘prik to‘liq demontaj qilinib, ularning o‘rnida zamonaviy va mustahkam yangi ko‘priklar barpo etilmoqda. Ikkinchi bosqichda esa 3 kilometr yo‘l qismida asfalt yotqizish ishlari amalga oshiriladi. Hozirda yo‘l qatlamini tekislash va tayyorlash ishlari olib borilmoqda.

“Shaffof qurilish” milliy axborot tizimiga muvofiq, loyiha ishlarining bosh pudratchisi etib “MEGA JELEZA BETON” MChJ belgilangan. Ushbu loyiha tuman infratuzilmasini yaxshilash, aholi va transport qatnovi uchun qulay sharoitlar yaratishga xizmat qiladi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Liftlar nazoratda

O‘zbekistonda ko‘p kvartirali uylardagi liftlarning xavfsiz va soz holatda...

“X1” sinovdan o‘tdi

Elektr aviatsiyasi rivojida navbatdagi muhim qadam tashlandi. AQSHning Heart...

Qumqo‘rg‘onda ekoturizm rivojlantiriladi

Xorijiy investitsiyalarni jalb etish va hududlarning turizm salohiyatidan samarali...

“Tasmasoy” finalga yo‘l oldi

Yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularning sport va...
KunTun
KunTun