Elektr ta’minoti barqarorlashtirildi

Date:

Sariosiyo tumani markazidan 120 kilometr uzoqlikda, tog‘li hududda joylashgan Chosh qishlog‘ida yuzaga kelgan elektr ta’minotidagi avariya holati qisqa muddatda bartaraf etildi. Qorli va noqulay ob-havo sharoitlariga qaramay, energetika sohasi mutaxassislari tomonidan olib borilgan tezkor va fidokorona ishlar natijasida aholi yana barqaror elektr energiyasi bilan ta’minlandi.

Mazkur holat chekka va olis hududlarda yashovchi aholining hayot sifatini ta’minlash, ayniqsa qish mavsumida uzluksiz elektr ta’minotining naqadar muhim ekanini yana bir bor ko‘rsatdi. Mutaxassislarning yuqori malakasi va mas’uliyati tufayli yuzaga kelgan muammo o‘z vaqtida bartaraf etilib, aholiga qulay sharoitlar yaratildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Atletlar bir maydonda jam

Termiz shahrida o‘smirlar va kichik o‘smirlar o‘rtasida og‘ir atletika...

Valyuta xatarlari nazoratga olinadi

O‘zbekistonda valyuta kursi va foiz stavkalari o‘zgarishidan kelib chiqadigan...

Jarqo‘rg‘onda fandomat ishga tushdi

Jarqo‘rg‘onda chiqindilarni qayta ishlashga yo‘naltirish va aholining ekologik faolligini...

Velosipeddagi ish kuni

Surxondaryoda rahbarlarning ishga kelib-ketishda velosipeddan foydalanishi orqali sog‘lom turmush...
KunTun
KunTun