Kuz-qish: shtab ish boshladi

Date:

Kuz–qish mavsumida kommunal sohalarda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan muammolarning oldini olish, aholi murojaatlariga tezkor javob berish hamda hududlarda uzluksiz qulaylik yaratish maqsadida viloyat hokimligida maxsus navbatchilik shtabi
tashkil etildi.
Mazkur shtabning asosiy vazifasi — aholining turli kommunikatsiya va kommunal xizmatlarga oid murojaatlarini qabul qilib, ularni darhol tegishli tashkilotlarga yetkazish, muammoni o‘rganish va eng qisqa fursatda bartaraf etishni ta’minlashdan iborat.
Shtab tarkibiga mutasaddi boshqarma va korxona rahbarlari jalb etilgan bo‘lib, ular hududlardan kelayotgan murojaatlarni real vaqt rejimida ko‘rib chiqadi. Ayni jarayon orqali isitish tizimlari, elektr ta’minoti, ichimlik suvi, kanalizatsiya va boshqa muhim xizmatlarda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan nosozliklarga zudlik bilan yechim topilishi ko‘zda tutilgan.
Mutasaddilarning ta’kidlashicha, shtabning joriy etilishi kuz–qish mavsumini betalofat o‘tkazish, aholi xavfsizligi va kundalik hayotining uzluksizligini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadi.
Ushbu tizim orqali har bir murojaat o‘z vaqtida qayd etilib, har bir masala bo‘yicha aniq javob va tezkor choralar ko‘rilishi rejalashtirilgan.
Shtab faoliyatini viloyat hokimining shaxsan o‘zi nazorat qilib borayotgani mavsumni betalafot o‘tkazish hamda murojaatlarning o‘z vaqtida yechim topishiga xizmat qiladi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Tashabbuskor yoshlar harakatda

Yurtimizda obodonlashtirish, mehr-oqibat va hamjihatlik muhitini mustahkamlashga qaratilgan ezgu...

Yoshlar bilan ochiq muloqot

Yoshlarning huquqiy savodxonligini oshirish, ularning harbiy sohaga oid bilim...

Tarixiy meros — milliy g‘urur va ma’naviyat manbayi

Ajdodlarimizning boy tarixiy va ma’naviy merosini o‘rganish, yosh avlod...

Huquqiy tushunchalar berildi

Termiz garnizonida joylashgan harbiy qismlardan birida xizmat qilayotgan harbiy...
KunTun
KunTun