PROFILAKTIK TADBIR O‘TKAZILDI

Date:

Termiz shahrida jinoyatchilik va korrupsiya xavfini kamaytirish, harbiy xizmatchilar va xizmatchilar o‘rtasida huquqiy madaniyatni yuksaltirish maqsadida muhim profilaktik tadbir tashkil etildi. Unda Termiz harbiy prokurori Sh.Mirzayev hamda  shahar Favqulodda vaziyatlar bo‘limi xodimlari ishtirok etdi.

Tadbirda dastlab mamlakatimizda jinoyatchilikning ayrim turlari, ayniqsa, ma’muriy huquqbuzarliklar, korrupsiya holatlarining oldini olish masalalariga to‘xtalib o‘tildi. Korrupsiya va suiiste’molchilikning davlat boshqaruviga, fuqarolar ishonchiga va iqtisodiy rivojlanishga yetkazadigan zarari haqida batafsil tushuntirish berildi.

Shuningdek, xizmat intizomini buzish, xizmat vakolatidan tashqari xatti-harakatlar va qonunbuzarliklarga nisbatan qonunchilikda belgilangan javobgarlik choralari ham atroflicha yoritib berildi.

Termiz harbiy prokurori Sh.Mirzayev tadbir davomida qator meyoriy-huquqiy hujjatlar hamda harbiy xizmatchilar va davlat xodimlari uchun belgilangan intizom qoidalari, jinoyat va ma’muriy javobgarlik turlari borasida ishtirokchilarga amaliyotga oid tushuntirishlar berdi. Shuningdek, har bir xodimning halollik meyorlariga amal qilishi, xizmat faoliyatida shaffoflik va mas’uliyatni ustuvor qo‘yishi muhim ekanini ta’kidladi.

Tadbir ochiq muloqot shaklida o‘tdi. FVB xodimlari o‘zlarini qiziqtirgan huquqiy-amaliy savollar bilan murojaat qilishdi. Jinoyatlarni o‘z vaqtida bartaraf etish, xizmat intizomini saqlash, korrupsiyaga qarshi kurashda faol ishtirok etish kabi masalalarga oid savollarga atroflicha javob berildi. Bunday uchrashuvlarning muntazam uyushtirilib borilishi xizmat intizomi mustahkamlanishiga, xodimlarda mas’uliyat tuyg‘usi ortishiga, jinoyatchilik xavfining kamayishiga, davlat organlariga bo‘lgan jamoatchilik ishonchining mustahkamlanishiga xizmat qiladi.

                                                                                              G‘.Ravshanov,

                                                                  Viloyat FVB boshlig‘i o‘rinbosari, podpolkovnik

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Bolalar manfaati ustuvor

O‘zbekistonda aliment to‘lovlarini undirishni kuchaytirish maqsadida yangi tartib joriy...

Samarali yechim

O‘zbekistonda ekologik talablarni kuchaytirish maqsadida ko‘p kvartirali uylarning tom...

Muvaffaqiyat kaliti — emotsional muloqot

Xitoyda humanoid robototexnika yangi bosqichga o‘tmoqda: endi asosiy e’tibor...

“Yashil maydon”lar kengaymoqda

Prezidentimiz “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida ko‘chat ekish tadbirida...
KunTun
KunTun