Maktab formalari va jihozlari topshirildi

Date:

Qiziriq tumanida ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar farzandlarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida yangi — 2025/2026-o‘quv yili arafasida «Nuroniylar» jamg‘armasi tomonidan navbatdagi xayrli tashabbus amalga oshirildi. Tuman hokimi Sherxon Allamurotov hamda tuman «Nuroniylar» kengashi rahbari Hamid Kenjayev kam ta’minlangan oilalarning xonadonlarida bo‘lib farzandlariga maktab formalari va o‘quv jihozlarini topshirdilar.

Mazkur tadbir bolalarning yangi o‘quv yilini munosib va quvonchli tarzda boshlashlari ta’lim olishga bo‘lgan qiziqishlarini yanada oshirishga xizmat qildi. Ota-onalar va mahalla aholisi bunday e’tibor uchun tashakkur izhor etib, mazkur sa’y-harakatlar yosh avlodni qo‘llab-quvvatlashga qaratilganini alohida qayd etdilar.

Oldingi sahifaNamunali ko‘chalarda
Keyingi sahifaIjod abadiy yashaydi

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Probatsiyadan — bandlik sari

Denov tumanida probatsiya nazoratida turgan fuqarolar bandligini ta’minlashga qaratilgan...

Tayyorgarlik ishlari o‘rganildi

Oltinsoy tumanining “Bo‘ston” mahallasida o‘tkazilishi rejalashtirilgan “O‘zbekiston enoturizmi va...

Ehtiyojmand oilalarga 1 million so‘mdan yordam beriladimi?

Sovuq kunlarda kommunal xarajatlarning ortishi, ayniqsa, kam daromadli oilalar...

Surxon suv ombori yangi sayyohlik manziliga aylanadi

Surxon suv ombori nafaqat suv resurslari, balki betakror tabiati...
KunTun
KunTun