Sun’iy intellekt asosida

Date:

Yandex Uzbekistan o‘zining qidiruv xizmatini sun’iy intellekt asosida yangiladi. Yangilangan Yandex Search neyron tarmoqlar yordamida o‘zbek tilidagi so‘rovlarni yaxshiroq tushunish va ularga mos ma’lumotlarni topish imkonini beradi. Xizmat o‘zbek tilidagi so‘rovlarga qisqa va mazmunli javob tayyorlab, uni foydalanuvchiga chat shaklida taqdim etishi mumkin. Qidiruv tizimi rus va ingliz tillaridagi kontentni o‘zbek tiliga tarjima qilish qobiliyatiga ham ega.

Ayni paytda, internetdagi turli manbalarda joylashtirilgan 11,6 milliondan ortiq matn o‘zbek tilida foydalanish uchun ochiq qilingan. Ular orasida Wikipedia maqolalari va IT mutaxassislar uchun muhim platformalardan biri — Stack Overflow ham bor. Bundan tashqari, foydalanuvchilar endi Yandex Search’da chat orqali savol berishlari va javobni darhol olishlari mumkin. Yangi funksiya yandex.uz saytining bosh sahifasida mutlaqo bepul taqdim etilgan.

Foydalanuvchi savoliga javob — qidiruv natijalarida veb-saytlar havolalaridan yuqorida paydo bo‘ladi. Bungacha neyron tarmoqlar so‘rovni tahlil qiladi va agar turli manbalar asosida qisqa va foydali javob berish mumkin bo‘lsa, shuni tayyorlab taqdim etadi. Shuningdek, qidiruv satri ostidagi Yandex AI tanlovini bosish orqali har qanday holatda neyrosetlar tomonidan tuzilgan javobni olish mumkin. Yangi xizmat orqali berilgan javoblarga manba havolalari ham ilova qilinadi. Bu esa foydalanuvchiga ma’lumotni tekshirish va kengroq o‘rganish imkonini yaratadi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

HOSIL MO‘L BO‘LSIN DESANGIZ…

Qishloq xo‘jaligi ekinlarining hosildorligini oshirishda o‘tin va ko‘mir kulining...

Ijara tizimida moliyaviy rag‘bat

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2025-yil uchun xususiylashtirish dasturi to‘g‘risida”gi Farmoni...

Taraqqiyot va adolat poydevori

Yangi O‘zbekiston taraqqiyot bosqichida bosh mezon bitta: xalq manfaatlari...

Qutlug‘ ayyom 10 kun davom etadi

Surxondaryo zaminida bahorning ilk nafasi sezilishi bilan ko‘ngillarda o‘zgacha...
KunTun
KunTun