Obodon muhit — sog‘lom jamiyat…

Date:

Atrof-muhitning tozaligi aholi salomatligi uchun muhim ahamiyatga ega. Biz va bizdan keyingi kelajak avlodni sog‘lom voyaga yetib, sog‘lom ulg‘ayishi uchun ekologiyani toza-ozoda saqlashimiz lozim.

Obodonlashtirilgan shahar  va qishloqlar nafaqat tashqi ko‘rinishi bilan, balki inson hayoti va sog‘ligi uchun ham muhim ahamiyat kasb etadi. Bundan tashqari, toza va ravon yo‘llar, ko‘kalamzor bog‘lar, yorug‘ va xavfsiz ko‘chalar – bularning barchasi nafaqat inson salomatligi, kayfiyati va ish unumdorligiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.

Shuningdek, obodonlashtirish butun jamiyat ishtirokida amalga oshiriladiga keng qamrovli jarayondir. Shu boiski, har bir fuqaro o‘z uyi, ko‘chasi va mahallasi uchun mas’uliyatni his etib, bu ishda faol ishtirok etishi zarurdir. Xususan, Jarqo‘rg‘on tumanida keng ko‘lamli obodonlashtirish va tozalash ishlari boshlandi. Ushbu ishlar aholi yashash sharoitlarini yaxshilash, ekologik holatni sog‘lomlashtirish va mahalla hududlarini yanada obod qilish maqsadida yo‘lga qo‘yildi.

Shu boisdan mahallalardagi ko‘chalar, ariqlar, xiyobonlar va jamoat joylari tozalandi, daraxt va butalar parvarish qilindi, chiqindilar belgilangan joylarga chiqarildi. Shu bilan birga, bolalar o‘yingohlari, guzarlar, mahalla binolari atroflarida ham ozodalik va tartib-intizom ishlari olib borildi.

Ta’kidlash kerakki, yurtimizni obod qilish, uni go‘zal va zamonaviy maskanga aylantirish har birimizning muqadda burchimizdir. Obod muhit – sog‘lom jamiyatning poydevori. Shunday ekan, kelajak avlodlarimiz uchun munosib muhit yaratish uchun obodonlashtirish ishlarida barchamiz faollik bilan jonbozlik ko‘rsatishimiz lozim.

D.Mahmudova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Gulchilik sirlari o‘rgatilmoqda

Uzun tumanining "Yangi ro‘zg‘or" mahallasida tashkil etilgan “Gulchilik tomorqa...

Xalqaro hamkorlik kengaymoqda

Termiz davlat universiteti delegatsiyasi ayni kunlarda Xitoyning Szyansu universitetida...

Jarang sochdi “So‘ngi qo‘ng‘iroq”

Surxondaryo viloyatidagi maktablarda bugun erta tongdanoq o‘zgacha hayajon sezildi....

Samarqandga yo‘l: yangi tarixiy asar

Ispan yozuvchisi va tarixchisi Antonio Torremocha Silvaning “Samarqandga elchilik”...
KunTun
KunTun