Bolajonlarning quvonchi cheksiz

Date:

Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan tashabbus asosida o‘quvchi-yoshlarning yozgi ta’til davrida bo‘sh vaqtlarini mazmunli va samarali tashkil etish, ularni madaniy, ma’rifiy va sport tadbirlariga faol jalb qilish, sog‘lomlashtirish va har tomonlama rivojlantirish  maqsadida  yoshlar uchun ishlab chiqilgan “Dolzarb 90 kun” loyihasi yo‘lga qo‘yildi.

Ushbu loyiha doirasida Termiz tumanidagi barcha umumta’lim maktablarida ma’naviy-ma’rifiy, madaniy va sport tadbirlari izchil davom ettirilmoqda. Shuningdek, maktablar qoshidagi oromgohlarda bolalar uchun sog‘lomlashtirishga qaratilgan faoliyatlar yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, ularning bilim va dunyoqarashini boyitishga xizmat qilmoqda.

Xususan, o‘quvchi-yoshlar va oromgohga kelayotgan bolajonlarimiz tumanning diqqatga sazovor joylari, tarixiy obidalar, ko‘ngilochar maskanlari hamda Termiz shahar hayvonot bog‘iga esda qolarli sayohat tashkillashtirildi. Bunday sayohatdan so‘ng bolajonlarimizning ko‘zlari quvonchga to‘lib, bir olam taassurotlar bilan qaytishdi.

Dinara Qo‘zimurotova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Orzumga yetdim, orzumni topdim

Har bir insonning bolalikdanoq istagan, orzu qilgan kasbi bo‘ladi....

Arxivlar taraqqiyoti

Arxivlar — bu shunchaki hujjatlar saqlanadigan maskan emas. Ular...

Sahifalarda yashar hanuz

Tarixiy kutubxonalar insoniyat sivilizatsiyasining bebaho boyligi bo‘lib, qadimiy kitoblar,...

Farovonlikka tahdid

Har qanday jamiyatning taraqqiyoti sog‘lom, bilimli va ma’naviy barkamol...
KunTun
KunTun