Yangi kitoblar tuhfa qilindi

Date:

Mudofaa vazirligi tomonidan mahallalar va yoshlar bilan ishlash borasida amalga oshirilayotgan sa’y-harakatlar navqiron avlod vakillarini harbiy vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularning harbiy xizmatga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirishga xizmat qilmoqda.

Oltinsoy tumanidagi “Yangiariq” mahallasida Hayraobod garnizonidagi harbiy qism harbiy xizmatchilari tomonidan “Vatan muqaddas, uni himoya qilish sharafli burchdir” shiori ostida harbiy-vatanparvarlik festivali tashkil qilindi. Unda Janubi-G‘arbiy maxsus harbiy okrug tasarrufidagi qo‘mondonlik, harbiylar va mahalla fuqarolari, maktab o‘quvchilari,  bir guruh faol yoshlar ishtirok etdi.

Dastlab harbiy vatanparvarlik karvoni vakillari qo‘llarida kitoblar jamlanmasi bilan mahalla ko‘chasi bo‘ylab harbiy orkestrrning Vatanni madh etuvchi kuy-qo‘shiqlari orqali mahalla kutubxonasi hududiga kirib keldi.

Tadbirning ochilishida so‘z olganlar milliy armiyamizda harbiy xizmatchilar va muddatli harbiy xizmatchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, Qurolli Kuchlarimizda olib borilayotgan so‘nggi islohotlar borasida ma’lumotlar berib o‘tildi. Shuningdek, mas’ullar hozirgi kunda yoshlarga beriladigan imtiyozlar borasida, shuningdek yoshlarni kitob mutolaasiga bo‘lgan qiziqishlarini oshirish masalasiga ham alohida to‘xtalib o‘tdi. Shundan so‘ng, harbiy orkestr ijrosidagi konsert dasturlari hamda harbiy xizmatchilarning turli sahna ko‘rinishlari namoyish etildi.

Tadbir yakunida ishtirokchilar kutubxona faoliyati bilan tanishdilar.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Imtiyozlar imkoniyat yaratadi

Surxondaryo viloyatida Prezidentning kichik biznesni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan yangi farmoni...

Narkotik savdosining oldi olindi

“Termiz xalqaro savdo markazi” erkin savdo zonasida o‘tkazilgan tezkor...

Nazorat kuchaytirildi

Surxondaryo viloyatida ekologiya va chegara qo‘shinlari hamkorligida o‘tkazilgan reyd...

O‘ziga ishonchi ortdi

Termiz shahridagi voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam ko‘rsatish markazida tarbiyalanayotgan...
KunTun
KunTun