“Turizm ko‘chasi” qurilishiga start berildi

Date:

Surxondaryo viloyatida turizm sohasini kompleks rivojlantirish, xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish hamda mahalliy va xorijiy sayyohlar uchun zamonaviy qulayliklar yaratish maqsadida amalga oshirilayotgan loyihalarning ijrosi bilan tanishish maqsadida viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov Termiz shahridagi “Botanika bog‘i” qurilishi jarayonini ko‘zdan kechirdi.

Dastlab, mazkur bog‘ hududiga yaqin bo‘sh yer maydonida ikki qavatli mehmonxona, kottej tipidagi turar joylar va tun-u kun faoliyat yurituvchi savdo nuqtalarini o‘z ichiga olgan “Turizm ko‘chasi” qurilishiga start berildi. Shuningdek, “Vatanparvarlar” bog‘ida mahalliy tadbirkor tashabbusi bilan “Peyntbol” sport maydonchasini tashkil etish, “Botanika bog‘i” hududida faunaga oid maxsus maskanlar barpo etish hamda boshqa loyihalarning amalga oshirilishi bilan tanishildi.

Tashrif doirasida viloyat rahbari hududda sayr qilayotgan bir guruh talaba-yoshlar bilan samimiy muloqot qildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Marafon birdamlikka chorladi

Termiz shahrida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 33 yilligi...

Qish betalafot oʻtadi

Denov tadbirkorlik va pedagogika institutida qish mavsumini betalafot o‘tkazish...

Halollik tamoyillari mustahkamlanadi

9-dekabr — Korrupsiyaga qarshi kurashish kuni munosabati bilan Surxondaryo...

ID-pasportlar tantanali topshirildi

Konstitutsiya bayrami arafasida Sho‘rchi tumanida 16 yoshga to‘lgan yigit-qizlarga...
KunTun
KunTun