Raqobat kuchli, ishtirok muvaffaqiyatli

Date:

Oltinsoy tuman ixtisoslashtirilgan maktabining iqtidorli oʻquvchisi Shamshodbek Qurbonov xalqaro miqyosdagi tanlovda muvaffaqiyatli ishtirok etib, Top 100 Universities Camp dasturiga qabul qilindi.

Ushbu nufuzli dasturga dunyoning turli burchaklaridan minglab talabgorlar ariza topshirgan boʻlib, ularning orasidan eng iqtidorlilari tanlab olindi. Shamshodbek ushbu kuchli raqobatda oʻz bilim va salohiyati bilan ajralib chiqdi.

Bu bilan u dunyoning eng yetakchi oliygohlaridan bo‘lgan mentorlar bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri ishlash, universitetga kirish strategiyalari bilan tanishish, seminar va mashg‘ulotlarda ishtirok etish imkoniga ega bo‘ladi. Shamshodbek xalqaro IELTSdan 7 ballik, SATdan 1 380 va CEFR multilevel sertifikatlariga ega.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Yashil energiya va issiqlik ta’minoti jamoatchilik nazoratida

Termiz shahridagi Matbuot uyida ko‘p qavatli uylarning ichki issiqlik...

Probatsiyadan — bandlik sari

Denov tumanida probatsiya nazoratida turgan fuqarolar bandligini ta’minlashga qaratilgan...

Tayyorgarlik ishlari o‘rganildi

Oltinsoy tumanining “Bo‘ston” mahallasida o‘tkazilishi rejalashtirilgan “O‘zbekiston enoturizmi va...

Ehtiyojmand oilalarga 1 million so‘mdan yordam beriladimi?

Sovuq kunlarda kommunal xarajatlarning ortishi, ayniqsa, kam daromadli oilalar...
KunTun
KunTun