Olimlar xavotirda: Okean suvlarining qorayishi kuzatilmoqda

Date:

Britaniya va AQSH olimlari o‘tkazgan tadqiqotga ko‘ra, so‘nggi 20 yil davomida Yer yuzidagi okean suvining katta qismi — taxminan 56 foizi o‘z rangini o‘zgartirgan. Yaqin vaqtgacha ko‘zga tashlanmagan bu o‘zgarishlar endi sun’iy yo‘ldoshlar yordamida aniq qayd etilmoqda. Asosiy o‘zgarish esa ko‘k rangdan yashil va hatto qorong‘u tuslarga o‘tishda kuzatilmoqda.

Tadqiqotchilarning fikricha, bunday o‘zgarishlar suvdagi fitoplankton, ya’ni mikroorganizmlar miqdoridagi o‘zgarishlar bilan bog‘liq. Ushbu o‘zgarishlar esa global iqlim o‘zgarishi, suv harorati oshishi va ekotizimdagi muvozanat buzilishi natijasida yuzaga kelgan bo‘lishi mumkin.

Yashil rangning kuchayishi suvdagi biologik faollikning oshganini anglatishi mumkin, ammo bu faqatgina ijobiy belgi emas. Aslida bu noto‘g‘ri rivojlanayotgan ekotizim yoki zararli mikroorganizmlar ko‘payishiga ishora bo‘lishi ham ehtimoldan xoli emas. Ushbu o‘zgarishlar dengiz hayvonlari, baliqlar hamda butun okean zanjiridagi ovqatlanish muvozanatiga ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Shu sababli olimlar bu jarayonni jiddiy nazorat qilish va yaxlit tadqiqotlar olib borish zarurligini uqtirmoqda.

Xalqaro ekologik tashkilotlar bu ma’lumotlarni global ekologik xavfning jiddiy signali sifatida baholamoqda. Okean ekotizimlaridagi o‘zgarishlar butun insoniyat uchun turmush tarzi va xavfsizlikka ta’sir qiluvchi omil hisoblanadi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Suv ta’minoti qamrovi 90 foizga yetkaziladi

O‘zbekistonda 2030-yilgacha aholini markazlashgan ichimlik suvi bilan ta’minlash darajasini...

Muhim qonun loyihalari ko‘rib chiqilmoqda

Ayni vaqtda Oliy Majlis Senatining Mudofaa va xavfsizlik masalalari...

Talaba-yoshlar giyohvandlikka qarshi kurashga chaqirildi

Yoshlar salomatligini asrash, ularni zararli odatlardan himoya qilish va...

Uchinchi Renessans g‘oyalari targ‘ib qilindi

Denov tumanidagi 82-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida “Uch ming...
KunTun
KunTun