Sug‘orish texnologiyalari joriy etilmoqda

Date:

So‘nggi yillarda yurtimizda suv resurslarini tejash va isrofning oldini olishga qaratilgan qator loyihalar amalga oshirilmoqda. Bu yo‘nalishdagi ishlar davlat siyosati darajasida qo‘llab-quvvatlanmoqda.

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Termiz tumanidagi Ingichka tolali paxtachilik ilmiy-tadqiqot institutiga tashrif buyurib, zamonaviy sug‘orish texnologiyalarining joriy etilishi bilan tanishdi. Mutasaddilar namunaviy tajriba uchastkasi faoliyati va undan ko‘zlangan maqsadlar to‘g‘risida axborot berishdi. Shundan so‘ng, hokim Angor, Muzrabot va Qiziriq tumanlarida g‘alla o‘rim-yig‘im ishlari, otryadlar faoliyati, yuqori unumli kombaynlardan foydalanish samaradorligi va dalalar hosildorligi bilan tanishdi.

Mutasaddilar o‘rim ishlarining belgilangan reja asosida olib borilayotgani, texnikalarning samarali ishlashi uchun ko‘rilayotgan chora-tadbirlar haqida hisobot berishdi. O‘rim ishlarini iqlim sharoitlarini inobatga olgan holda tashkil etish, otryadlarga jalb qilingan ishchilar va kombaynchilarni yetarli sharoitlar bilan ta’minlash vazifalari topshirildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

“E-auksion.uz” — ochiq savdo maydoni

Bugungi tezkor hayotda har birimizning xayolimizda turli biznes g‘oyalari...

Kamchiliklar bartaraf etildi

Jarqo‘rg‘on tumanida davlat tilining nufuzini oshirish, uni hayotimizning barcha...

Bilim va zukkolik bellashuvi

Termiz davlat universitetida talabalar o‘rtasida “Zakovat” intellektual o‘yini boshlandi....

“Yangi hayot”da yangi maskan

Qiziriq tumanida yosh avlod tarbiyasi va ta’limi yo‘lida navbatdagi...
KunTun
KunTun