O‘G‘RINING QISMATI

Date:

Bir kishining ko‘ngliga o‘g‘rilik havasi tushibdi va shu hunarni o‘zlashtirishga jazm qilibdi. Unga Nishopur shahriga borsang, bu ishda pixini yorgan bir odam bor, o‘sha senga ta’lim beradi, deb maslahat berishibdi.

Havaskor o‘g‘ri Nishopurga yo‘l olibdi, o‘sha odamning uyini topib:

— O‘g‘rilik ilmini mukammal o‘rganish maqsadida huzuringga keldim, — debdi.

Ustoz o‘g‘rilikdan birmuncha dars beribdi, keyin uning oldiga taom keltirib qo‘yib:

— Qani, chap qo‘ling bilan yegin-chi, — debdi.

Havaskor o‘g‘ri umrida chap qo‘li bilan taom yemagan ekan, ovqatni yeyolmabdi.

Buni ko‘rib ustoz o‘g‘ri shunday debdi:

— O‘g‘ilginam, sen tanlagan kasb shunday bir kasbki, agar qo‘lga tushib qolsang, albatta, o‘ng qo‘lingdan ayrilib qolasan, uni chopib tashlaydilar, o‘shanda qiynalib qolmaslik uchun hozirdanoq chap qo‘l bilan taom yeyishni mashq qilishing kerak.

Bu so‘zni eshitib, havaskor o‘g‘ri birdan o‘ziga kelibdi: “Tog‘ni talqon qiladigan shunday qo‘lni juvonmarg qilish va undan mahrum bo‘lish xavfini tug‘diradigan bunday hunarning bahridan kechish kerak”, — debdi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Yangi ish o‘rinlari yaratilmoqda

Termiz tumanidagi “Yangi O‘zbekiston” massiviga tutash hududda tadbirkorlikni rivojlantirish...

Yarmarkaga start berildi

Surxondaryo viloyatida xalqaro iqtisodiy aloqalarni kengaytirish, tadbirkorlar va eksportyorlar...

Muhim loyihalar muhokamada

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov navbatdagi qabuli doirasida Rossiya...

Sohalar kesimida takliflar bisyor

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Polsha davlatining "Fasing S.A."...
KunTun
KunTun