O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston–2030” strategiyasini “Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida” 2024-yil 21-fevraldagi PF-37-sonli farmoni va 2025-yil 30-yanvardagi “O‘zbekiston – 2030” strategiyasini “Atrof-muhitni asrash va yashil iqtisodiyot yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida”gi PF-16-son Farmonining ijrosini muntazam ravishda Jamoatchilik nazorati asosida o‘rganib borishi hamda reja asosida har chorak yakunlari bo‘yicha umumlashtirilgan yig‘ilishlar o‘tkazib borish, aniq ko‘rsatkichlar hamda kamchiliklari aks ettirilgan holda xalq deputatlari viloyat Kengashining navbatdagi sessiyalarida yozma hisobotlar tayyorlash vazifasi yuklatilgan.
“O‘zbekiston-2030” strategiyasini Surxondaryo viloyatida “O‘zbekiston-2030” strategiyasini qo‘llab-quvvatlovchi “Jamoatchilik guruhi” a’zolari tomonidan “Atrof-muhitni asrash va “yashil iqtisodiyot” yilida amalga oshirishga oid davlat dasturining 62-maqsad: Respublikada suvdan oqilona foydalanish madaniyatini va suv ishlatish samaradorligini oshirish, Ichimlik suvi va oqova tizimini yaxshilash borasida amalga oshirilayotgan ishlar ustidan parlament nazoratini kuchaytirish bo‘yicha joriy yilning may oyida Bandixon, Denov, Angor va Termiz tumanida va Maktabgacha ta’lim tizimini yangi bosqichga olib chiqish hamda bolalarning to‘liq qamrovini ta’minlash, Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida kompyuter guruhlarini tashkil etish borasida belgilangan vazifalar ijrosi yuzasidan joriy yilning aprel oyida viloyatning Termiz shahri, Termiz, Bandixon va Denov tumanlarida bo‘yicha samarali jamoatchilik monitoring tadbirlari o‘tkazilgan edi.
“Yuksalish” harakati viloyat hududiy bo‘linmasi tomonidan navbatdagi Jamoatchilik eshituvi o‘tkazildi. Jamoatchilik eshituvida jamoatchilik guruhi a’zolari, ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi. Maktabgacha ta’lim tizimini yangi bosqichga olib chiqish hamda bolalarning to‘liq qamrovini ta’minlash hamda Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida kompyuter guruhlarini tashkil etish borasida belgilangan vazifalar ijrosi bo‘yicha maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari hisoboti tinglandi.
Kun tartibidagi ikkinchi eshituvda respublikada suvdan oqilona foydalanish madaniyatini va suv ishlatish samaradorligini oshirish, ichimlik suvi va oqova tizimini yaxshilash borasida amalga oshirilayotgan ishlar ustidan parlament nazoratini kuchaytirish bo‘yicha bajarilgan ishlar yuzasidan “Surxondaryosuvta’minot” AJ direktorining Qurilish va investisiya masalalari bo‘yicha o‘rinbosarining axboroti tinglandi. Tadbir so‘ngida Jamoatchilik guruhi a’zolari tomonidan belgilangan topshiriqlar ijrosi bo‘yicha aniqlangan muammolar yuzasidan zarur taklif va tavsiyalar berildi.