Aksiya donorlarni birlashtirdi

Date:

O‘zbekiston «Adolat» sotsial-demokratik partiyasi viloyat Kengashi tashabbusi bilan viloyat qon quyish markazida va uning hududiy bo‘limlarida «Bor mehrimiz senga, bolajon!» shiori ostida beg‘araz donorlik aksiyasi tashkil etildi.

Erta tongdan boshlangan mazkur aksiyada partiyaning barcha xodimlari, partiya a’zolari, xalq deputatlari tuman va shahar Kengashi deputatlari, partiya faollari hamda ko‘ngillilar, huquqni muhofaza qiluvchi organlar hamda boshqa turli soha vakillari, Milliy gvardiya viloyat Qo‘riqlash boshqarmasi xodimlari ishtirok etdi. Shuningdek, Jarqo‘rg‘on tumanida ham xayriya aksiyasi bo‘yicha tibbiyot xodimlaridan iborat  sayyor brigadasi tashkil etilib,  Jarqo‘rg‘on tumani Janubi g‘arbiy maxsus harbiy okrugi 54831-harbiy qismida ko‘ngilli harbiylar ham bemor bolajonlar uchun qon topshirdi.

Bolalarning salomatligiga qaratilgan aksiya viloyat bo‘ylab qizg‘in davom etyapti.

Gulshod Tursoatova

Oldingi sahifaOta
Keyingi sahifa “Dolzarb 90 kun” davom etmoqda…

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Orzumga yetdim, orzumni topdim

Har bir insonning bolalikdanoq istagan, orzu qilgan kasbi bo‘ladi....

Arxivlar taraqqiyoti

Arxivlar — bu shunchaki hujjatlar saqlanadigan maskan emas. Ular...

Sahifalarda yashar hanuz

Tarixiy kutubxonalar insoniyat sivilizatsiyasining bebaho boyligi bo‘lib, qadimiy kitoblar,...

Farovonlikka tahdid

Har qanday jamiyatning taraqqiyoti sog‘lom, bilimli va ma’naviy barkamol...
KunTun
KunTun