Turizm infratuzilmasi rivojlanmoqda

Date:

Yurtimizda turizm infratuzilmasini rivojlantirish, yangi ish o‘rinlari yaratish va xizmatlar sohasini kengaytirish maqsadida eʼtiborga molik ishlar amalga oshirilmoqda. Surxondaryo viloyatida ham bu borada qator yirik loyihalar amalga oshirilmoqda.

Viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov Termiz shahrida barpo etilayotgan “Botanika bog‘i” hududida turizm yo‘nalishidagi loyihalar taqdimoti bilan tanishdi. Jumladan, mehmonxonalar qurilishi, xalqaro va mahalliy ahamiyatga ega yo‘llar bo‘ylab “Turizm bekatlari”ni tashkil etish, “Zovboshi” massivida tog‘-dor yo‘li barpo etish, shuningdek, “Termiz Plaza” mehmonxonasini kengaytirishga oid tashabbuslar muhokama qilindi.

Taqdimot davomida loyihalarning texnik va amaliy jihatlari batafsil ko‘rib chiqildi. Shuningdek, “Botanika bog‘i” hududida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan mas’ul rahbarlar tomonidan axborot berildi.

Viloyat hokimi tomonidan mehmonxonalar qurilishini jadallashtirish, qurilishi yakunlangan obyektlarni qisqa muddatda foydalanishga topshirish, shuningdek, zamonaviy qulayliklar — elektromobillar uchun zaryad qurilmalari, Wi-Fi tarmog‘i, ochiq kutish joylari kabi infratuzilmalarni qamrab olgan namunaviy “Turizm bekati”ni yaratish bo‘yicha aniq topshiriqlar berildi.

Shu bilan birga, Termiz shahrida Musiqali drama teatri uchun yangi bino qurish, shahar va tumanlar markazlarida esa kutubxonalar barpo etish loyihalari ham ko‘rib chiqildi. Soha mas’ullariga tanlangan maydonlarda ushbu loyihalarni yuqori saviyada va namunaviy tarzda amalga oshirish vazifasi yuklatildi.

Oldingi sahifaBolajonlar mamnun
Keyingi sahifaOtalar

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

E’tibor va g‘amxo‘rlik inson hayotini o‘zgartiradi

Jamiyatda inson qadrini ulug‘lash, ayniqsa, e’tibor va ko‘makka muhtoj...

Sharqiy Xitoy pedagogika universiteti bilan hamkorlik yo‘lga qo‘yiladi

Sharqiy Xitoy pedagogika universitetining Markaziy Osiyo tadqiqotlari markazi direktori,...

TerDUda Harbiy tayyorgarlik o‘quv markazi tashkil etilmoqda

Termiz davlat universitetida talabalar uchun yangi imkoniyat — Harbiy...

Tojikistonda o‘zbekzabon aholi uchun yangi maktablar quriladi

Tojikiston Prezidenti Imomali Rahmon mamlakatdagi o‘zbekzabon aholining ona tilida...
KunTun
KunTun