Yangi g‘oya va tashabbuslarga ilhomlantirdi

Date:

Termiz shahrida yurtimiz ayollarining faolligini, salohiyatini va jamiyatdagi o‘rnini yuksak qadrlash, ularning ijodiy va intellektual salohiyatini keng targ‘ib qilish maqsadida “Bunyodkor ayollar – 2025” festivali yuqori saviyada tashkil etildi.
Festival doirasida xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy hayotdagi ishtiroki, ularning kasbiy mahorati, hunarmandchiligi, tadbirkorligi hamda san’at va madaniyatdagi yutuqlari keng namoyon etildi. Tadbirda Termiz shahar hokimining o‘rinbosari G.Rahmonova hamda turli sohalarda faoliyat yuritayotgan ilg‘or ayollar, ijtimoiy faol yoshlar, jamoatchilik vakillari hamda mehmonlar ishtirok etdi.
Shuningdek, milliy qadriyatlarimizni aks ettiruvchi qo‘l mehnati mahsulotlari va boshqa turdagi ko‘rgazmalar, madaniy-ma’rifiy dasturlar, badiiy chiqishlar, mahorat darslari va turli tanlovlar tashkillashtirildi. Shu bilan birga, tadbir ishtirokchilari uchun motivatsion uchrashuvlar va ijtimoiy loyihalarning taqdimoti ham o‘tkazildi. aytish kerakki, ushbu festival Termiz shahridagi xotin-qizlarning faolligini yanada oshirishga, ularni yangi g‘oyalar va tashabbuslarga ilhomlantirishga xizmat qildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Liftlar nazoratda

O‘zbekistonda ko‘p kvartirali uylardagi liftlarning xavfsiz va soz holatda...

“X1” sinovdan o‘tdi

Elektr aviatsiyasi rivojida navbatdagi muhim qadam tashlandi. AQSHning Heart...

Qumqo‘rg‘onda ekoturizm rivojlantiriladi

Xorijiy investitsiyalarni jalb etish va hududlarning turizm salohiyatidan samarali...

“Tasmasoy” finalga yo‘l oldi

Yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularning sport va...
KunTun
KunTun