“Ijodiy texnolaboratoriya” tashkil etiladi

Date:

Madaniyat va sanʼat sohasidagi iqtidorli yoshlar ragʻbatlantiriladi. 27-may kuni “Ijodkor yoshlarni koʻllab-kuvvatlash va ragʻbatlantirishning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Hukumat qarori (329-son, 27.05.2025-y.) qabul qilingan.
Qarorda qayd etilishicha, madaniyat va sanʼat sohasida iqtidorli yoshlarni qoʻllab-quvvatlash maqsadida quyidagilar yoʻlga qoʻyiladi:

  • ijodkor yoshlar faoliyatini muvofiqlashtiruvchi yagona platforma joriy etiladi hamda “ERP madaniyat” yagona boshqaruv tizimiga integratsiya qilinadi;
  • madaniyat sohasida sunʼiy intellektdan hamda zamonaviy texnologiyalardan foydalanish boʻyicha “Ijodiy texnolaboratoriya” tashkil etiladi;
  • umumiy oʻrta va oʻrta maxsus taʼlim tashkilotlarida “Ijodkor yoshlar klubi” faoliyati yoʻlga qoʻyiladi;
  • “Madaniyat volontyorlari” ijtimoiy harakati faoliyati yoʻlga qoʻyiladi.
    Shuningdek, har yili jahonning kamida 4 nafar yetakchi mutaxassislari va taniqli sanʼatkorlari oʻquv jarayonlariga jalb etiladi hamda kamida 4 nafar ijodkor yoshlar xorijiy mamlakatlarga tajriba almashish uchun yuboriladi. Bundan tashqari, Madaniyat va sanʼat yoʻnalishidagi “Start-Up” loyihalari uchun BHMning 100 baravarigacha miqdorida ijodiy grantlar ajratish choralari koʻriladi.
    2026-yildan Madaniyat vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan yillik kalendar-reja asosida yoshlar uchun tanlov va festivallar tashkil etiladi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

“Jayhun” milliy san’atimizni tarannum etdi

Milliy san’at va madaniyatimizni xalqaro maydonda keng targ‘ib etish,...

“Ijtimoiy taraqqiyot uchun” maydonga chiqdi

Ijtimoiy himoya milliy agentligi hamda Oliy ta’lim, fan va...

Kitob oʻqib, damas yutdi

Kitob mutolaasi insonning dunyoqarashini kengaytirib, tafakkurini boyitadi. Ayniqsa, davlat...

Paxta terimiga tayyorgarlik ko‘rildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Angor tumanidagi «Zamin Angor...
KunTun
KunTun