“YANGIARIQ”DA “YANGI HAYOT” XALQ KUTUBXONASI OCHILDI

Date:

Ijtimoiy tarmoqdagi kutubxonalar kanali a’zolari Faxriddin Toʻrayеv va Tohir Sohibovlar kutubxona tashkil etish fikrini hamyurtimiz Murtazo Allamurodovga aytishganida, ustoz bu fikrdan xursand boʻlib, oʻzi tugʻilib oʻsgan “Yangiariq”da kutubxona binosini tashkil etishga tadbirkorlar bilan hamkorlikda bosh-qosh boʻldi.

Buni qarangki, qisqa muddatda kutubxona barpo boʻldi. Kеng va shinam ushbu kutubxonaga Faxriddin va Tohirjonlar tomonidan 2,5 ming donadan koʻproq kitoblar kеltirildi. Shu tariqa Oltinsoy tumanidagi “Yangiariq” mahallasida “Yangi hayot” xalq kutubxonasi  ochilishiga bagʻishlangan tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi.

Unda tumani ahli va yoshlar ishtirok etdi. Tadbirda mahalla oqsoqollari ramziy lеntani qirqishdi. Tadbir ishtirokchilari kutubxona javonlaridan o’rin olgan kitoblar bilan tanishdilar. Kutubxonachi Dilshoda Rahimova 50 million soʻmlik kitoblarning 20 foizini ma’rifiy, 30 foizini badiiy va 50 foizini bolalar adabiyotlari tashkil qilganligini ma’lum qildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Mehnat-u harakatlar besamar ketmadi

Sohil kurash — qum ustida bajariladigan, kurashning eng dinamik...

Prezident kitobi karvoni Sherobodda

Sherobod tumanidagi 56-maktabda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning “Jahon...

“Angor tumani tarixi” taqdimot qilindi

Angorda tuman tarixiga bag‘ishlangan “Angor tumani tarixi” kitobining rasmiy...

Rekonstruksiya ishlariga start berildi

Surxondaryo viloyatida faoliyat yuritayotgan “Termiz xalqaro savdo markazi” Afg‘oniston...
KunTun
KunTun