Futbolchi qizlarimiz ham bo‘sh kelmadi

Date:

Futbolimiz tarixida yangi sahifa ochilib, o‘smirlar futbol jamoamiz Osiyo chempioni bo‘lgani barchamizni quvontirdi. Ana shunday muvaffaqiyatlarga javoban ayollar futboli bo‘yicha ham sportchi qizlarimiz bo‘sh kelmay, o‘zlarining g‘alabali debyut qadamlarini tashlashdi.
Termiz tumanidagi 36-maktabda ham o‘quvchi-qizlar futbol o‘ynab, mahoratini oshirib kelishadi. Hatto, maktabning 8-9-10-sinf o‘quvchi qizlaridan iborat “Termiz Lady” jamoasi ham tuzilgan. Mashg‘ulotlarni kanda qilmay, to‘p surayotgan qizlar ko‘plab futbol musobaqalariga ham ishtirok etib keladi.
Bu safar viloyatdagi barcha raqib jamoalarni yengib, Buxoroga bo‘lib o‘tadigan musobaqaga borishadigan bo‘lishgandi. U yerda ham mezbon viloyatning ayollar jamoasini penaltilar seriyasida mag‘lubiyatga uchratib, g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Ehtiyojmand oilalarga 1 million so‘mdan yordam beriladimi?

Sovuq kunlarda kommunal xarajatlarning ortishi, ayniqsa, kam daromadli oilalar...

Surxon suv ombori yangi sayyohlik manziliga aylanadi

Surxon suv ombori nafaqat suv resurslari, balki betakror tabiati...

Lutf odobi — qalb ehtiyoji

Ba’zan insonning kayfiyatini katta bir voqea emas, oddiygina bir...

Tilga munosabat — o‘zimizga munosabat

Inson dunyoni avvalo ona tilidagi so‘zlar orqali taniydi. Onaning...
KunTun
KunTun