Topshiriqlar ijrosi sust

Date:

Viloyat hokimi hududlarda investitsiyalarni jalb etish, tadbirkorlikni rivojlantirish, ishlab chiqarish hajmini oshirish va yangi ish o‘rinlarini yaratish vazifalari ijrosini o‘rganish Maqsadida Uzun tumanida bo’ldi. Tumandagi “Malandiyon” mahallasida joylashgan 2-sonli politexnikumda qandolatchilik klasterini tashkil etish loyihasining borishi ko‘rib chiqildi. Loyiha ijrosining sust ketayotgani tanqid qilinib, uning ishga tushirilishi yoshlar va xotin-qizlar uchun yangi ish o‘rinlari yaratilishiga xizmat qilishi ta’kidlandi. Mutasaddilarga loyihani qisqa muddatda ishga tushirish topshirig‘i berildi.
Shuningdek, “Xayat Medikal” xorijiy kompaniyasi tomonidan xususiy klinika qurilishi, “Osiyo Gold Mebel” korxonasining savdo markazi faoliyatini kengaytirish loyihalari taqdimoti ham o‘tkazildi. Shu bilan birga, “Bexruz Mebel” korxonasining mebel mahsulotlari ishlab chiqarish va eksport qilish faoliyati bilan ham tanishildi. Tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash va ularning muammolarini hal etish bo‘yicha aniq chora-tadbirlar belgilab olindi.
Yakunida Denov tumanidagi “Buyuk kelajak” mahallasida aholi bilan ochiq muloqot o‘tkazildi. Massivda mavjud infratuzilma muammolari o‘rganilib, ularni bartaraf etish bo‘yicha mas’ullarga tegishli vazifalar yuklatildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Hamma narsa pul bilan hal bo‘ladi…mi?

Tasavvur qiling: yangi maktab qurilishi uchun ajratilgan mablag‘ning bir...

Samarqandga safar: tarix, mehr va ilhom manzili

“O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qil” shiori ostida ishchi va xodimlarni...

“Vatanparvar” bog‘ida unutilmas kun…

Harbiy xizmatchilar va ularning oila a’zolarining bo‘sh vaqtini mazmunli...

Takrorlardan xoli…mi?!

Xususiy notarial institutining rivojlanishi notarius faoliyatini samarali tashkil etish...
KunTun
KunTun