Jinoyat sabablari muhokama qilindi

Date:

Yoʻllarda ehtiyotkorlik talab etilsa-da, bunga amal qilmaydiganlar afsuski bor. Oqibati esa ayanchli. Qachon bunday holatlar biz uchun saboq boʻladi?Angor tumani, “Kayran” mahallasida sodir etilgan yo‘l-transport hodisasi muhokamasi o‘tkaziib, ayni savolga javob izlandi.Unda tuman IIB hamda YHXG xodimlari, mas’ullar, mahalla faollari va fuqarolar ishtirok etdi.

So‘zga chiqqanlar sodir etilgan ushbu yo‘l-transport hodisasini yuzaga keltirgan sabab va omillar haqida atroflicha tahlil etishdi. Mazkur yo‘l-transport hodisasi natijasida 2023-yilda tug‘ilgan voyaga yetmagan bola “bosh miya ochiq” tan jarohati olib, tuman shofoxanasida vafot etgan. Bu kabi salbiy holatlar qayta takrorlanmasligi uchun mahallaning mutasaddilari, ota-onalar, haydovchilar, piyodalardan hushyorlikni oshirish kerakligini ta’kidlab o‘tildi.

Shuningdek, yosh bolalarni nazoratsiz qoldirmaslik, ularning yo‘l harakati qoidalari bo‘yicha bilimlarini oshirib borish yuzasidan so‘z yuritildi. Zora, bunday muhokamalar odamlarni ehtiyotkorlikka chorlasa…

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

TerDU talabalari — finalda!

Termiz davlat universiteti talabalari “Talabalar teatr studiyalari” festivalining Samarqandda...

Samarqand-u Buxoroga sayohat

Angor tumanida ichki turizmni rivojlantirish hamda yurtimizning boy tarixiy-madaniy...

Do‘ppi chelenji o‘tkazildi

Angor tumanida milliy qadriyatlarimizni asrab-avaylash va yoshlar orasida milliy...

Mini GES ishga tushdi

Oltinsoy tumanida energiya samaradorligini oshirish va aholini elektr ta’minoti...
KunTun
KunTun