Mahalla binosi qurilishi boshlandi

Date:

Jarqo‘rg‘on tumanidagi “Mustaqillik” mahallasida aholiga qulay sharoit yaratish va mahalla tizimi faoliyatini yanada samarali yo‘lga qo‘yish maqsadida yangi mahalla binosining qurilish ishlari boshlandi. Mazkur bino zamonaviy talablar asosida bunyod etilib, mahalla fuqarolar yig‘ini faoliyatini samarali olib borish uchun barcha zarur sharoitlar bilan ta’minlanadi.
Unda fuqarolar yig‘ini raisi, profilaktika inspektori va mahalla faollari uchun alohida xonalar, yig‘ilishlar o‘tkazish zali hamda aholiga xizmat ko‘rsatish uchun qulay infratuzilma yaratilishi rejalashtirilgan. Qurilish ishlari belgilangan muddatda sifatli bajarilishi uchun tajribali mutaxassislar jalb etilgan bo‘lib, yangi bino mahalla aholisi uchun muhim ijtimoiy markazga aylanishi kutilmoqda.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Matbuot — ishonch ko‘prigi

Boysun tumanida 27-iyun — Matbuot va ommaviy axborot vositalari...

Ichki turizmni rivojlantirish – hududlar taraqqiyoti garovi

Bugungi kunda ichki turizm nafaqat aholining mazmunli dam olishini...

Faol yoshlar sayohatga yo‘l oldi

Yoshlarni rag‘batlantirish, ularning tarixiy merosga hurmatini mustahkamlash va dunyoqarashini...

Chorrahada ishlar jadallashdi

Yo‘l infratuzilmasini modernizatsiya qilish va transport harakati xavfsizligini ta’minlash...
KunTun
KunTun