O‘rganish ishlari davom etmoqda

Date:

Ba’zan xalq qabullari nomigagina uyushtiriladi degan gaz-so‘zlar ham quloqqa chalinadi. Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov hududlarga tashrifini Termiz tumanidan boshlab, o‘tgan hafta o‘tkazilgan onlayn formatdagi tadbirkorlar qabulida murojaat qilgan tadbirkorning muammolarini joyida o‘rgangani esa bunday gap-so‘zlar asossiz ekanini isbotlaydi. Mutasaddilarga tadbirkorga ko‘mak ko‘rsatish vazifalari topshirildi.
O‘rganish va loyihalar bilan tanishuv ishlari hududda davom etdi. Shuningdek, tumanning “Surxon Xalqobod” hududida “Ravno grow” MCHJ tomonidan 165 gektar maydonda qiymati 32 milliard so‘m bo‘lgan sanoatlashgan bog‘ tashkil etish loyihasi bilan tanishildi. Viloyat rahbariga bog‘ uchun xorijdan keltirilgan ko‘chatlar hamda amalga oshirilayotgan ishlar taqdimot qilindi.
Shundan so‘ng, Termiz, Jarqo‘rg‘on va Qumqo‘rg‘on tumanlarida 2025-yil g‘alla o‘rim-yig‘imi hamda bahorgi dala ishlari mavsumiga kombayn va texnikalarni tayyorlash ishlari bilan tanishildi. Xususan, Qumqo‘rg‘onda Xitoydan yangi keltirilgan texnikalar ko‘zdan kechirildi. Texnikalarning afzalligi va samaradorligi yuzasidan xitoylik mutaxassislar ma’lumot berdi. Qishloq xo‘jaligi sohasi mutasaddilari va tumanlar mas’ullari ishtirokida seminar o‘tkazilib, texnikalarni mavsumga puxta tayyorlash yuzasidan chora-tadbirlar belgilandi.
Viloyat rahbari Qumqo‘rg‘on tumaniga tashrifi davomida “Amu-Surxon” irrigatsiya tarmoqlari havza boshqarmasiga qarashli nasos stansiyalarining mavjud holati va ish jarayonlari bilan tanishdi hamda muammolarini o‘rgandi. Dasturga asosan nasos stansiyalarini rekonstruksiya qilish tadbirlarini boshlash vazifasi topshirildi.

Oldingi sahifaEhson
Keyingi sahifaShartlar sinovi

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

“Ustozlik — taqdirim, mukofot esa sharafim”

O‘qituvchilik — bu kasb emas, bu taqdir. Har bir...

Birinchi saboq

Maktabda kirish qo‘ng‘irog‘i jiringlashi bilan sinfxonalarga bir-bir ko‘z yugurtirish...

Taraqqiyot poydevori

Jamiyat taraqqiyoti, inson tarbiyasiga, inson tarbiyasi esa ilk yoshdan...

GANDBOL OMMAVIYLASHMOQDA

O‘zbekistonda sport sohasiga qaratilayotgan ulkan e’tibor bugun qanday samara...
KunTun
KunTun