Belni mahkam bog‘lab…

Date:

O‘zimiz yashaydigan makonni yashillikka burkashni maqsad qilib, bu borada belni mahkam bog‘lab, harakatga kirishganmiz. Bunda prezidentimiz tashabbusi bilan amalga oshirilayotgan “Yashil makon” umummilliy loyihasi bizga katta kuch va motivatsiya bergani ham haqiqat.
Ayni loyiha doirasida Surxondaryo viloyatida yangi loyiha – “AYOQShlari bog‘i” loyihasi amalga oshirilmoqda. Ushbu loyiha doirasida yoqilg‘i quyish shoxobchalari egalari tashabbusi bilan hududlarda yashil maydonlar tashkil etish rejalashtirilgan.
Shunga ko‘ra, bugun Sariosiyo tumani M 41 magistral yo‘l bo‘yidagi ochiq maydonlarga yoqilg‘i quyish shoxobchalari tomonidan mevali-manzarali daraxt ko‘chatlari ekilmoqda. Bu bilan kifoyalanmay, tumanning Bobur, Dashnobod va So‘fiyon hududlarida ichki sug‘orish tarmoqlarini qazish, tozalash, betonlashtirish, bahor mavsumiga tayyorlash ishlari ham qizg‘in tus olgan.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

9 oylik faoliyat sarhisob qilindi

Surxondaryo viloyati sudida 2026-yilning yanvar–sentyabr oylarida odil sudlovni ta’minlash,...

Maktab sig‘imi 660 o‘ringa kengaydi

Ta’lim muassasalarida o‘quv o‘rinlarini ko‘paytirish va zamonaviy sharoitlarni yaratish...

Bola rivojida o‘yinning kuchi

Bolaning har tomonlama rivojlanishida o‘yin faoliyati muhim o‘rin tutadi....

Noyob ko‘rshapalak qayd etildi

Tabiatda kam uchraydigan va hali yetarlicha o‘rganilmagan jonivorlarni aniqlash...
KunTun
KunTun