Endi fazoga sayr qilishingiz mumkin

Date:

Xitoyning xususiy fazoviy kompaniyasi — Deyep Blue Aerospace fazoga sayr qilishni xohlovchilar uchun chiptalarni sotishni boshladi. Chipta narxi — 1,5 million yuan (taxminan 210 ming dollar), deb xabar berdi South China Morning Post gazetasi.

2027-yilga rejalashtirilgan ilk parvoz uchun ikkita chipta allaqachon o‘z egasini topdi. Suborbital fazoviy parvoz davomiyligi 12 daqiqa bo‘lib, shundan kamida 5 daqiqasida yo‘lovchilar vaznsizlikni his etishadi.

Xitoy sharqidagi Szyansu provinsiyasida joylashgan kompaniya ilk chiptalarni 24-oktabr kuni sotuvga qo‘ydi — Taobao platformasidagi jonli efirda ular atigi 20 daqiqa ichida xarid qilindi.

Ushbu chiptalar raqobatchilarnikiga nisbatan arzon.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

“Bremen musiqachilari” Turkiya sahnasida namoyish etildi

Surxondaryo viloyati qo‘g‘irchoq teatri ijodiy jamoasi Turkiyaning Chine shahrida...

“Zakovat”: otalar va farzandlar bilim maydonida

Termiz shahridagi 12-sonli umumta’lim maktabida “Otalar yig‘ilishi” doirasida otalar...

Rahbarlar shaxsiy namuna ko‘rsatmoqda

Sariosiyo tumanida sog‘lom turmush tarzini ommalashtirish, aholining jismoniy faolligini...

Tibbiyotda ustoz-shogird an’analari: 51 yillik bitiruvchilar uchrashuvi

Toshkent davlat tibbiyot universiteti Termiz filialida Samarqand davlat tibbiyot...
KunTun
KunTun