“O‘zimiz keldik”

Date:

Mualliflik huquqi haqida bilasizmi? Bunday huquqlarimiz qonunchilik yo‘li bilan himoyalangan bo‘lib, uning buzilishi javobgarlikka sabab bo‘ladi. Viloyat Adliya boshqarmasining intellektual mulk huquqlarini himoya qilish bo‘yicha bosh maslahatchisi B.Mustafaqulov tomonidan Toshkent tibbiyot akademiyasi Termiz filialida ustozlar va talabalar ishtirokida tashkil etilgan mualliflik huquqi va turdosh huquqlarga oid seminar orqali bu borada batafsilroq ma’lumotlarga ega bo‘lish mumkin bo‘ldi.
Albatta, har qanday huquqiy maslahat olish uchun huquqiy tashkilot yoki huquqshunosga murojaat qilishga to‘g‘ri kelsa, “O‘zimiz keldik” loyihasi orqali mutaxassislarning o‘zlari savol-u murojaati borlarni yo‘qlab kelishgani ayni muddao bo‘ldi. Seminar davomida mualliflik huquqi va turdosh huquqlar tushunchasi, ushbu huquqlarni himoya qilish tartibi, mualliflik huquqi va turdosh huquqlarni buzganlik uchun javobgarlik asoslarini sodda va xalqchil tilda misollar bilan tushuntirib berildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Mehnatga munosib ehtirom

Jamiyat taraqqiyoti yo‘lida fidokorona xizmat qilgan insonlarni e’zozlash —...

Har bir topilma — tarixga qo‘shilgan yangi sahifa

Ba’zi tarixiy maskanlar o‘tmish haqida hikoya qilmaydi — ular...

Xalqaro hamkorlik ko‘lami belgilandi

Bugungi kunda universitetlar nufuzi nafaqat ichki salohiyat, balki xalqaro...

Oila qayta tiklandi

Ba’zan eng muhim natija sud qarorlari yoki ijro hujjatlari...
KunTun
KunTun