TerDUda ilmiy-amaliy seminar o‘tkazildi

Date:

Globallashuvning ham ijobiy va salbiy tomonlari mavjud bo‘lib, u xalqlarning, davlatlarning, milliy madaniyat va iqtisodiyotlarining yaqinlashishini tezlashtirib, rivojlanishi uchun yangi imkoniyatlar eshigini ochsa, boshqa tomondan minglab mayda, etnik guruhlar va millatlarning madaniyati, tili, rasm-rusumlari jahon bo‘ylab kuchayib borayotgan globallashuv jarayonlarida katta millatlar, yirik milliy madaniyatlar, boy tillar bilan raqobatlasha olmay, o‘z-o‘zidan faol ijtimoiy-iqtisodiy, lisoniy – zaboniy hayotdan chetga chiqib borishiga olib keladi. Mana shunday vaziyatda har bir xalq madaniy, ijtimoiy-iqtisodiy va lisoniy jihatdan qat’iy turishi, munosib kurashmog‘i lozim. O‘zbekistonda SHHT Xalq diplomatiyasi markazi va Termiz davlat universiteti hamkorligida “Globallashuv sharoitida ilmiy va madaniy merosni saqlashning dolzarb masalalari” mavzusida o‘tkazilgan ilmiy-amaliy seminar ham ana shunday kurashning amaliy ifodasi bo‘ldi.
Seminarda soha mutaxassislari, faol yoshlar ilmiy va madaniy merosni saqlashning hozirgi holati, turizm istiqbollari, tarixiy yodgorliklarni asrab-avaylash va yoshlarni ular bilan yaqindan tanishtirish masalalarini muhokama qilishdi. “Milliy merosga mening hissam” ekspeditsiyasi doirasida poytaxtdan tashrif buyurgan talabalar tengdoshlari bilan o‘zlari o‘qigan sevimli kitoblarini almashdilar.
Shundan so‘ng, talabalar Termiz davlat universitetidagi laboratoriya xonalari, kutubxona, muzey, sport to‘garaklarida yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishdilar.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Shinjon delegatsiyasi TerDUda

Termiz davlat universitetida O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim, fan va...

Talabalar insho yozdi

21-oktyabr – O‘zbek tili bayrami kuni munosabati bilan Termiz...

Kitoblar jamlanmalari topshirildi

Bugun Termiz davlat pedagogika institutida Termiz tumani hokimligi bilan...

“Qadring baland bo‘lsin, Ona tilim!”

Til — millat ma’naviyatining mezoni, uning tarixiy xotirasi va...
KunTun
KunTun