Ayollar ham avtobus boshqarishi mumkin

Date:

Bugun ko‘cha-ko‘yda avtomobil boshqaradigan ayollarni ko‘raverib ko‘zimiz o‘rgangan, odatiy holdek qabul qilamiz. Holbuki, ayollar faqat yengil mashinalarni boshqaradi, yuk mashinalari va avtobuslarni boshqarish bo‘yicha esa cheklov bor edi. Vazirlar Mahkamasining tegishli qaroriga muvofiq, ushbu cheklov olib tashlandi.
“C“ yoki ”D“ toifalariga oid avtotransport vositalarini boshqarish uchun ayollarga yuk avtomobillarini yoki avtobuslarni boshqarish Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi hamda O‘zbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasi kengashi tomonidan belgilangan muayyan cheklashlar asosida ruxsat etilishi belgilangandi.
Endilikda ayollarga yuk ko‘tarishi 2,5 tonnadan ortiq bo‘lgan yuk avtomobillarini boshqarish, yo‘lovchilarning soni 14 kishidan ortiq bo‘lgan avtobuslarni boshqarish uchun huquqiy asos yaratildi.
Eski normalarning bekor qilinishi bilan ayollarga qo‘shimcha kasb va sohalarda mehnat faoliyatini olib borishi uchun huquqiy asos mustahkamlandi. Shuningdek, transport sohasida gender tenglikni ta’minlash va katta sig‘imli avtobuslarni (elektrobus) boshqarishga ayollarni jalb etish imkoniyati yaratildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Kitobga oshno yoshlar

O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi arafasida Bojxona boshqarmasida yosh...

Kitobxon oila — ma’naviyatli jamiyat poydevori

Qumqo‘rg‘on tumani Axborot-kutubxona markazida “Biz — kitobxon oilamiz!” tanlovining...

Iqtidorlar kashf etildi

Surxondaryoda maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarbiyalanuvchilari o‘rtasida o‘tkazilgan “Jajji nurli...

Huquqiy baho berildi

Sho‘rchi tuman ichki ishlar bo‘limi binosida jinoyat ishlari bo‘yicha...
KunTun
KunTun