Uzilishlarga chek qo‘yildi

Date:

Qachonlardir elektr energiyasiz yashagan odamlarning avlodlari shart-sharoit va imkoniyatlar bilan siylangan. Bugun elektr energiyasiz kunimiz tugul soniyamizni ham tasavvur eta olmaymiz. Svet o‘chishi bilan ko‘nglimiz ham zulmatga burkangandek bo‘ladi. Qolaversa, uyimizni isitishu sovutish, boshqa ehtiyojlarimiz ham ayni elektr energiyasi bilan bog‘liq.
Shunday ekan, elektr energiyasinig uzluksiz ravishda uzatilishini ta’minlanlash shart va zarurat. Sariosiyo tuman elektr ta’minoti xodimlari tomonidan aholi xonadonlari va ijtimoiy soha obyektlarini elektr energiyaga bo‘lgan talabini yaxshilash maqsadida “Xazarbog‘-1” podstantsiyasidagi mavjud 5 600 kVA kuch transformatorini 10000 kVA transformatoriga almashtirish ishlari amalga oshirildi. Natijada uzilishlarga chek qo‘yilishi bilan birga, elektr energiyasining sifati ham yaxshilandi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

“27 qozonda – 27 xil osh”

Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universiteti talabalar turar joyida...

360 o‘rinli bog‘cha qurilishiga start berildi

Prezidentimizning qamrov darajasi past bo‘lgan hududlarda davlat-xususiy sherikchilik asosida...

Bandligi ta’minlandi

Angor tumanining “Qorasuv” mahallasida yashovchi, II guruh nogironi Zafar...

Maktab zamonaviy qiyofada

Termiz shahridagi 15-sonli umumta’lim maktabi mahalliy byudjetdan yo‘naltirilgan 8...
KunTun
KunTun